O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MASJID VA ZIYORATGOHLARDA HASHARLAR O‘TKAZILMOQDA

 
 

Mamlakatimizning barcha hududlari, mahallalar, korxona va tashkilotlar, mehnat jamoalarida bo‘lgani singari bugun erta tongdan Samarqand viloyatidagi barcha masjid va ziyoratgohlarda ham hashar bo‘lib o‘tmoqda.

Hashar davomida masjidlar, ziyoratgoh va bularga tutash bo‘lgan qabristonlarda tozalik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, manzarali va mevali daraxtlarga ishlov berildi. Suvlar sepilib, supur-sidir ishlari bilan hammayoq ozoda, saranjom-sarishta qilindi.

Hashar ertaga, 18 avgust kuni ham davom ettiriladi.

 

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 17/08/2019 15:56;   Ko‘rilganligi: 1070
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/masjid-va-zityoratgohlarda-hasharlar-otkazilmoqda
Chop etilgan vaqti: 15/05/2024 09:59
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing