Долзарб мавзу

Ezgulik yovuzlik ustidan doimo g‘alaba qilib kelgan

Dinimiz tarixiga nazar solar ekanmiz, yana shunga amin bo‘lamizki, sog‘lom idrok, sog‘lom haqiqat va g‘oyalar soxta g‘oyalar ustidan hamisha g‘alaba qozonib kelgan. Islom dinimiz rivojiga buyuk hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosida soxta g‘oyalarga qarshi ish olib borgan kurashini ko‘rish mumkin. U kishining «Kitob at-tavhid» asarida soxta ta'limotlarga ergashishni oldini olishda ishonchli dalillardan keltirib, bu yo‘ldagi barcha xatoliklar sababini aniq ko‘rsatib berganiga guvoh bo‘lamiz: «Taassub, bu ko‘r-ko‘rona taqlid bo‘lib, u juda keng tarqalgan illatdir, ya'ni bunda juda ko‘pchilik biron-bir ma'naviy yoki diniy yo‘lboshchiga, uning fikrlari mazmun-mohiyatini tushunmagan holda qo‘shilishga yengib bo‘lmas moyillik bildiradi.

 

Kibrlanma...

Bismillahir rohmanir rohim


Kibrning qisqacha ta'rifi: Kibr-kishi o‘z nafsini ulug‘lashi va o‘z qadrini boshqalar qadridan ustun ko‘rish. Yoki boshqacha aytganda o‘zidan boshqani haqir sanash va ularni nazar pisand qilmaslik.

 

TILINGNI SAQLA OMONDIR BOSHING...

Tiling yirtqich (kabidir), agar uni bog‘lab qo‘ysang, seni qo‘riqlaydi, bo‘sh qo‘ysang, seni halok qiladi.
Tilingni molingni saqlaganing kabi saqla, bolangni taniganing kabi tani va ishlatayotgan nafaqangni o‘lchaganing kabi o‘lcha.

 

Isrof jaholatdandir

Xalqimiz mablag‘ topsa, yaxshi niyat bilan to‘yga jamg‘aradi. Lekin bu odat odamlarning jaholati bois illatga aylanib bormoqda. Bugungi kunda to‘y, ma'raka va marosimlarda me'yor, milliy urf-odat va dinimiz belgilab bergan chegaradan chiqib, riyoga, isrofga yo‘l qo‘yilmoqda. Ochiq-sochiq liboslar, turnaqator to‘y kortejlari ijarasi, kelin-kuyovlar ma'naviyatimizga umuman to‘g‘ri kelmaydigan vals, turli “kashfiyot”larga ruju qo‘yishi, ma'rakalarga haddan ziyod mehmon taklif etilishi… Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin.

 

Qiz farzand faqatgina farzand emas, qiz farzand Jannatning kalitidir

Farzand Alloh taoloning biz bandalariga bergan eng ulug‘ ne'matlaridan biri. Farzand insonning ko‘z quvonchi , qalb sururidir. Inson oila qurar ekan , shirindan shakar farzandlar ko‘rishni xohlaydi. Sir emaski , ko‘pchilik o‘g‘il farzand ko‘rish istagida bo‘lib ketma ket qiz farzand ko‘rganlar orasida tushkunlikka tushadiganlari ham uchrab turadi.

 

SUNNATNI MAHKAM TUTIB, BID'ATDAN SAQLANING!

Ahli sunnat val jamoaning barcha ishi Qur'on va hadis ustiga qurilgan. Bu eng mustahkam asldir. Ular bid'atchilarning qilgan ishlarini ko‘rsatib kelgan. So‘ng sunnatni mahkam ushlash va bid'atlarni inkor qilishga Qur'on va hadisdan dalil keltirgan. Ahli sunna val jamoa ulamolari bu borada ko‘p kitoblar yozgan va ularda shia, xavorij, jahmiyya, mo‘tazila kabilarning iymon e'tiqoddagi bid'at so‘zlarini inkor qilgan.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan bizning zamonamiz orasida ko‘p vaqt o‘tganligi, ilmsizlik, bid'atga chaqiruvchilar ko‘paygani va g‘ayridinga taqlid kilish kuchayib ketgani sababli juda ko‘p bid'atlar mavjud. Shuning uchun har doim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini mahkam tutish lozim.

 

Luqmoni Hakimning o‘g‘liga go‘zal tarbiyasi

Yomg‘ir yog‘masa fasllar buziladi,
Qaysi xonadonda din bo‘lmasa nasl buziladi.

Luqmoni Hakimning farzandi o‘ziga nomaqbul do‘stlar bilan ulfat bo‘libdi.

 

“Fahsh qaysi bir narsada bo‘lsa, uni xunuklashtiradi, hayo qaysi bir narsada bo‘lsa uni ziynatlashtiradi.

Insonga berilgan bebaho ne'mat bu hayo ibodir. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam: ”Hayo qilish iymondandir” deganlar. Bundn ma'lum bo‘ladiki, hayoli iboli insondan har qanday yaxshilikni kutsa bo‘ladi, lekin hayosiz ibosiz insondan har qanday yomonlikni kutsa bo‘ladi. Ayniqsa, ulg‘ayib borayotgan, turli ta'sirlarga tez egiluvchan yosh yigit-qizlarning ahloqiga hayosizlikning zarari juda katta bo‘lmoqda. Chunki, fohishalik, hayosizlik bu illat shu qadar shaytoniy nag‘ma va va shunday bir jilvaki uni ko‘rgan ko‘zlar bir muddat bo‘lsada, o‘z nafsining jilovini yo‘qotadi va beixtiyor isyon qiladi.

 

Kim din olimlarini masxara qilsa, oxirati kuyadi....

Islom dinini, shariat ahkomlarini yetkazishdek ulkan mas'uliyatni zimmasiga olgan ulamolar sha'niga yomon so‘zlarni gapirish Alloh va Uning rasulini g‘azabini keltiradigan yomon ishdir.

Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh: «Kim din olimlarini masxara qilsa, oxirati kuyadi. Kim podsho va amirlarni masxara qilsa, dunyosi barbod bo‘ladi. Kim o‘z birodarlarini masxara qilsa muruvvat va haybati yo‘qoladi», degan.

 

Biz hushyorlikni bir dam yo‘qotsak, payt poylab yurgan buzg‘unchilar kirdikorlarini boshlashadi

Biz – bolajon millatmiz. Farzandlarimiz uchun o‘zimizni o‘tga-cho‘qqa uramiz. Tinim bilmaymiz. O‘zimiz yemasak ham ularning og‘ziga tutamiz. Lekin tarbiyadagi juda nozik jihatlarga bolamizning qalbiga kirishga, u bilan chinakam do‘stlashishga, tillashishga, dillashishga har doim ham intilmaymiz.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing