O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Luqmoni Hakimning o‘g‘liga go‘zal tarbiyasi

 
 

Yomg‘ir yog‘masa fasllar buziladi,
Qaysi xonadonda din bo‘lmasa nasl buziladi.

Luqmoni Hakimning farzandi o‘ziga nomaqbul do‘stlar bilan ulfat bo‘libdi.

Ular bilan bordi-keldini ko‘paytirishi har kanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g‘ashini keltiribdi. Bir kuni u o‘g‘lini chaqirtirib: “Bolam do‘stni bo‘lgani yaxshi, ammo do‘st tanlashda adashib qolma. Hozirgi do‘stlaringni xulqi yaxshi emas. Senga yomon ta'sir ko‘rsatishlari mumkin”- deb nasihat qilibdi. O‘g‘li esa o‘ziga ishonch bilan: “Otajon, siz menga kuchli tarbiya bergansiz, pand-nasihatlaringiz har doim qulog‘im ostida turadi, do‘stlarimning yomon xulki menga aslo ta'sir qilmaydi, havotirlanmang deya chiqib ketibdi. Bir kuni Luqmoni Hakim bog‘dorchilik ishlari bilan o‘g‘lini yordamga chaqiribdi. Qarasa o‘g‘li butun olmalarni alohida, qurt tushganlarini alohida savatga joylashtiryapti ekan. Hakim esa barchasini bir savatga solishni buyuribdi. Ancha vaktdan so‘ng olmalar qo‘yilgan joyga qarashsa, hamma olmalarga qurt tushgan ekan. O‘g‘li Luqmoni Hakimga e'tiroz bildirib: Ey, Ota! Siz olmalarni butunini va qurt yeganini qo‘shib qo‘y degandiz, butun olmalarni ham qurt bosibdiku. Otasi esa jilmayib dedi: “Ko‘rdingmi bolam sog‘ olmalar qurtlaganidan ko‘prok edi, lekin baribir ular ham qurtladi. Endi sen qanday qilib qalbida qurt tushgan do‘stlaring bilan bir joyda ancha vaqt qolasanu, ular orasidan sog‘lom qalb bilan chiqasan”- deb aytgan ekan. 

Rahmatullo Qurbonov
Oqdaryo tumani "Bilol" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 28/08/2023 16:15;   Ko‘rilganligi: 179
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/luqmoni-hakimning-ogliga-gozal-tarbiyasi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 05:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing