O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“Fahsh qaysi bir narsada bo‘lsa, uni xunuklashtiradi, hayo qaysi bir narsada bo‘lsa uni ziynatlashtiradi.

 
 

Insonga berilgan bebaho ne'mat bu hayo ibodir. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam: ”Hayo qilish iymondandir” deganlar. Bundn ma'lum bo‘ladiki, hayoli iboli insondan har qanday yaxshilikni kutsa bo‘ladi, lekin hayosiz ibosiz insondan har qanday yomonlikni kutsa bo‘ladi. Ayniqsa, ulg‘ayib borayotgan, turli ta'sirlarga tez egiluvchan yosh yigit-qizlarning ahloqiga hayosizlikning zarari juda katta bo‘lmoqda. Chunki, fohishalik, hayosizlik bu illat shu qadar shaytoniy nag‘ma va va shunday bir jilvaki uni ko‘rgan ko‘zlar bir muddat bo‘lsada, o‘z nafsining jilovini yo‘qotadi va beixtiyor isyon qiladi.

Azizlar, hayosizlik bu o‘ta zararli illat g‘arb madaniyatiga johillik bilan taqlid qilib, ularning mavhum hayotlariga ko‘r-ko‘rona ergashishdan kelib chiqmoqda, bu bilan asli musulmon bo‘lgan inson Yaratganning qahru g‘azabiga duchor bo‘ladi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina maktab va kollejlarda aksariyat o‘quvchi yigit-qizlar o‘rtasida yana bir illat, xat yoki mobil telefon orqali SMS yozish avjiga chiqqan, inson tabiatidagi eng go‘zal fazilatlaridan biri hayodir. Hayo insonning ison-e'tiqodi, odob-ahloqning darajasiga qarab, ko‘p yoki kam bo‘ladi. Agarda bir inson ba'mani ishlardan o‘zini bir noloyiq ishni qilib qo‘yib hijolatdan yuzi qizarganini ko‘rsangiz, bilingki u hayoli insondir, agar bordiyu qilayotgan ishlariga beparvo bo‘lsa, yaxshi yomonligiga e'tibor bermay qilaversa, xalqimiz unday odamdan yaxshilik chiqmaydi. Muqaddas islom dini ham hayoli bo‘lishga chaqiradi.

Hurmatli azizlar, odam hayosini yo‘qotsa, bir yomon ishni qilib undan yomonrog‘iga o‘tadi. Bora-bora chuqur jar yoqasiga kelib qoladi. Hayoning yo‘qolishi bilan iymon ham ko‘tariladi. Hayoli inson gapirayotganda og‘zidan yomon so‘zlar chiqib ketishidan, boshqalarning sirini aytib yuborishdan hijolat bo‘ladi, chunki uning natijasini e'tiborga olmay yomon so‘zlarni gapiraverish yomon odoblar qatoriga kiradi. Bu xususda Payg‘ambarimiz (SAV) shunday marhamat qiladilar: “Ya'ni, hayo iymondandir, iymonning joyi esa jannatdadir, behayolik esa jafodandir, jafoning joyi do‘zahdadir, hayo bu yaxshiliklarning onasi va barcha narsani go‘zallashtiruvchi ziynatdir.

Isroil domla Amirillayev – Paxtachi tumani bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 28/08/2023 11:48;   Ko‘rilganligi: 171
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/fahsh-qaysi-bir-narsada-bolsa-uni-xunuklashtiradi-hayo-qaysi-bir-narsada-bolsa-uni-ziynatlashtiradi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 07:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing