O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Kim din olimlarini masxara qilsa, oxirati kuyadi....

 
 

Islom dinini, shariat ahkomlarini yetkazishdek ulkan mas'uliyatni zimmasiga olgan ulamolar sha'niga yomon so‘zlarni gapirish Alloh va Uning rasulini g‘azabini keltiradigan yomon ishdir.

Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh: «Kim din olimlarini masxara qilsa, oxirati kuyadi. Kim podsho va amirlarni masxara qilsa, dunyosi barbod bo‘ladi. Kim o‘z birodarlarini masxara qilsa muruvvat va haybati yo‘qoladi», degan.

Alloh taoloning joriy bo‘lgan odatlaridan biri shuki, ilm ahli va ulamolarni tahqirlagan va masxara qilgan odamni mana shu dunyoning o‘zida xor qiladi. Suhayl Andalusiy rahmatullohi alayh aytadi: “Bir qo‘shnimiz bor edi. Alloh boylik va obro‘ni berib qo‘ygan, juda serdavlat edi. Uning eng yomon odati din olimlarini kalaka qilish va ularga aziyat berish edi. Bir kuni Alloh roziligini istab nasihat qildim. U meni kamsitib uyidan haydadi. Allohga qasamki, oradan 20 yil o‘tib falaj bo‘lib qoldi. Mol dunyosidan ayrildi. Muhtojlikdan shahar bozorida tilanchilik qila boshladi. bir kuni bozorda ko‘rinmay qoldi. Oradan uch kun o‘tib, bozor orqasidagi tashlandiq joydan jasadi topildi. Butun shahar ulamolari aziyat ko‘rgan bu insoning nihoyasi mana shunday yakun topdi”.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh: «Olimlarning go‘shti zaharlidir. Uni hidlagan ya'ni yomonlik qilishga uringan odam kasal bo‘ladi. Uni yegan ya'ni g‘iybatini qilgan odam zaharlanib o‘ladi», degan.

Shunday ekan, inson olim va fozillar haqida gapirishdan, ularni tahqirlashda oldin oxiratini o‘ylasin! Alloh barchamizni ilm va ulamolarni yaxshi ko‘radigan solih bandalaridan qilsin!

H.Temirov O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi xodimi


Kiritilgan vaqti: 23/08/2023 16:34;   Ko‘rilganligi: 178
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/kim-din-olimlarini-masxara-qilsa-oxirati-kuyadi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 17:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing