O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Qiz farzand faqatgina farzand emas, qiz farzand Jannatning kalitidir

 
 

Farzand Alloh taoloning biz bandalariga bergan eng ulug‘ ne'matlaridan biri. Farzand insonning ko‘z quvonchi , qalb sururidir. Inson oila qurar ekan , shirindan shakar farzandlar ko‘rishni xohlaydi. Sir emaski , ko‘pchilik o‘g‘il farzand ko‘rish istagida bo‘lib ketma ket qiz farzand ko‘rganlar orasida tushkunlikka tushadiganlari ham uchrab turadi.

Alloh taolo Qur'oni karimda bunday degan: "Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir.U zot xohlagan narchasini yaratur. U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga ug‘illar hadya etur .Yoki ularni juftlab ug‘il qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug‘mas qilur. Albatta U zot o‘ta bilguvchi va o‘ta qodirdir.

Johiliyat davrida odamlar qiz farzand ko‘rishni yoqtmrmas mobado birortasi qiz farzand ko‘rsa, odamlar orasida boshini ko‘tarib yurolmas, qiz farzand kurishni uzlariga or uyat deb bilishar edi.

Qiz farzand tarbiyasi borasida ko‘plab hadislar vorid bo‘lgan. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: " Bir kuni mening xuzurimga ikkita kizini yetaklab bir ayol tilanchilik qilib keldi. Mening xuzurimda bitta xurmodan boshka narsa yo‘k edi. Men xurmoni bersam, ayol uni ikkiga ajratdida, ikki qiziga berdi Rosululloh sollallohu alayihi vasallam kirganlarida bu haqda xabar bersam u zot: Kim mana shu kabi qiz farzand bilan imtihon qilinsa, qizlarni chiroyli parvarish etsa, uning uchun jahannamdan parda bo‘ladi" dedilar (Muttafakun alayx ).

Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollalllohu alayhi vasallam "Kimning uchta qizi bo‘lsa, ularni sabr bilan o‘stirsa, topganidan ularni kiyintirsa, ular uning uchun do‘zaxdan parda bo‘ladi" dedilar .

Unutmangki, chiz farzand ko‘rishni yoqtirmaslik, qiz ko‘rgani uchun achchig‘i kelish va ayolini yomon ko‘rish johiliyatdagi odamlarning qiligidir, Alloh taolo unday kimsalarni qur'oni karimda qoralaydi So‘zimizning oxirida bir rivoyatni keltirib o‘tamiz. Yaqub ibni Baxton aytadi: Men yetti qiz farzand ko‘rdim, har safar qizim tugilganda Ahmad ibn Hanbalning oldiga borardim. U menga: Ey Abu Yusuf, Payg‘ambarlar qizlarning otalari bo‘lishgan der, uning gapi mening nojamligimni ketkazar edi

Allox taolo barchamizni bergan rizqiga biz uchun qilgan taqsimiga rozi bo‘ladigan bandalaridan kilsin. Jannat kaliti bo‘lgan qizlarimizning umri uzoq bo‘lsin Allox taolo barchasini uzi xifzu himoyasida panohida asrasin.

 Mamatqulov Tolib Bulung‘ur tumani "Kildon" jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 30/08/2023 14:29;   Ko‘rilganligi: 1201
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/qiz-farzand-faqatgina-farzand-emas-qiz-farzand-jannatning-kalitidir
Chop etilgan vaqti: 19/05/2024 04:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing