Maqolalar

Istig‘for o‘zi nima?

Istig‘for - ulamolar istilohida duo, tavba va boshqa toatlar ila gunohning mag‘firat qilinishini so‘rashdir. Amalda bandaning “Astag‘firulloh" va shu ma'nodagi kalimalarni tilida aytib, dili bilan tasdiqlashi istig‘fordir.Uni bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak tavba degani. Tavba esa bandani Allohga qaytishi degani. Bir gunohdan, yomon ishdan, yovuzlikdan qo‘lini tortish, tiyilish va ikkinchi bor bu ishga qaytmaslik deganidir.

 

Oxiratda darajam baland bo‘lsin desang, dunyoda amal qilib qol!

Odamlar bu dunyoni turli darajalarda bo‘lganlari kabi, oxiratda ham turli darajada bo‘ladilar. Oxiratda ular to‘rt qismga bo‘linadilar: halok bo‘luvchilar, azoblanuvchilar, najot topuvchilar va yutuqqa erishuvchilar.

 

Yoshlarimizni ongini zaharlaydigan yo‘ldan ogoh bo‘ling!

Butun olamlar Robbisi Alloh taolo O‘zining haq dinini butun olamlarga rahmat bo‘lgan  payg‘ambari Muhammad sallollohu alayhi vasallamga yubordi. Bu din butun dunyoga tez fursatlar ichida tarqala boshladi, insonlar sekin-asta, ammo to‘p-to‘p, jamoa holida bu dinga kira boshladilar. Alloh taolo O‘zining muqaddas kitobi Qur'oni karimda bu haqda shunday deydi:

وَرَأَيْتَ النَّاسَ يَدْخُلُونَ فِي دِينِ اللَّهِ أَفْوَاجًا

“Va, siz insonlarni to‘p-to‘p bo‘lgan hollarida Allohning diniga kirayotganini ko‘rasiz”(Nasr surasi, 2-oyat).

 

Halollik - baraka manbayi

Alloh taolo inson zotini yer yuzida yashashini ixtiyor qildi va yashash uchun insonga behisob nematlarni ato qildi. Shu nematlar ichida inson uchun foydali bo‘lganlari va zarar yetkazadiganlari mavjud.

 

Husni xulq – mo‘minning axloqi

Dinimiz insonlarning baxt-saodatini ko‘zlagan adolatli dindir. Insonni jamiyatda go‘zal hayot kechirish uchun unga lozim bo‘lgan sifatlarni tavsiya etadi. O‘sha fazilatlar bilan xulqlanib jannatga kirishni taklif etadi. Darhaqiqat, jannatda ko‘zlar ko‘rmagan, quloqlar eshitmagan, hayollarga ham kelmagan, behisob, bitmas tuganmas, eskirmas, buzilmas, har luqmasi, har yutumi o‘zgacha lazzatlarga boy bo‘lgan turfa xil ne'matlar bor.  Ana shu ne'matlar go‘zal axloq egalariga va'da qilingan. Ular jannatda abadiy, g‘am tashvishsiz hayotga erishgaylar, eng muhimi Haq subhanu va  taoloning jamolini ko‘rishga muyassar bo‘lgaylar.

 

SALOMATLIK INSON BOYLIGIDIR

Alloh taolo bandalarini vaqti-vaqti bilan turli xastaliklar, salomatlikning yomonlashuvi bilan imtihon qilib turadi. Alloh taolo Quron karimda shunday bayon kilgan. “Albatta, Biz sizlarni bir oz qurqinch va ochlik bilan, mol-mulkga, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda "Albatta biz Allohnikimiz va albatta biz unga qaytuvchimiz " dedilar. Ana o‘shalarga robbilaridan salovatlar va rahmat bor.(Bakara surasi 155-156-oyatlar.)

 

Mumtoz tasavvuf va zamonaviy tariqatchilik (7-davomi)

Movarounnahr tasavvufi musulmon mamalakatlari ijtimoiy-ma'naviy hayotiga chuqur kirib borgan, fan, madaniyat, va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta'sir ko‘rsatganini mutaxassislar ham qayd etganlar. Tasavvufiy qarashlarning yaxlit ta'limotiga aylanib, islom o‘lkalariga keng yoyilishi va kishilar hayotida muhim voqelikka aylanishida movarounnahrlik Hakim Termiziy, Abu Bakr Kalobodiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Muhammad Porso, Ya'qub Charxiy, So‘fi Ollohyor va boshqa tasavvuf olimlarining arab, fors va turkiy tillarda bitgan asarlari islom olamida hozirga qadar e'zozlanadi. Shuni alohida qayd etish zarurki, o‘rta asrlarda eng keng tarqalgan uch til – arab, fors, va turkiyda asarlar bita olish malakasi asosan Movarounnahr ulamolarida shakillangan.  Zero, mintaqa aholisining talab va ehtiyoji ham aynan shuni taqozo qilgan edi.

 

Yaxshilikka dalolat qilish xuddi uni qiluvchi kabidir

Yaxshilik haqida gapirar ekanmiz, aslida dinimizda insonlar bir-birlariga yaxshilik qilishi va unga dalolat qilishi Allox ta'olo  tomonidan farz qilingan bo‘lib, Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi: “Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ma'rufga buyururlar, munkardan qaytarurlar” (Tavba surasi–71 oyat). Ushbu oyatdagi «Ma'rufga buyururlar, munkardan qaytarurlar...» jumlasidan “Jamoat shaklida yaxshilik qilishga urinadilar, ko‘plashib yomonlikka qarshi kurashadilar” ma'nosi tushuniladi.

 

VISOL KECHASI

Hayotimizda uchraydigan har qanday masalada Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlaridan javob topishimiz mumkin. Dastlabki ma'lumot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kuyovlari hazrati Ali roziyallohu anhuning qizlari Fotimai Zahro roziyallohu anhoning oldilariga to‘ydan keyin birinchi kirishlaridan oldin qilgan ishlari va duolari haqidadir.

 

Haj safariga bormaydigan davlatlar soni 10 taga yaqinlashdi

Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yilgi haj mavsumi yuzasidan Saudiya Arabistoni shu kunga qadar yakuniy qarorni e'lon qilmadi. Xabarlarga ko‘ra, ayni paytlarda vaziyat baholanayotgani va yakuniy qaror yaqinda qabul qilinishi kutilmoqda.

 

“MAFOTIH UL-G‘AYB”ASARIDA BILGANIGA AMAL QILMAGAN KIMSANING MISOLI

Islom olamida Imom Faxriddin Roziy nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Husayn Taymiy Bakriy Eronning Ray shahrida hijriy 544 (mil 1149) yil  tug‘ilgan. Nasabi quraysh bo‘lib, asli Tabaristondan bo‘lsa-da, Ray shahrida tug‘ilgani uchun shunga nisbat berilgan. Allomani “Ibn Xatibur Ray” deb ham atashgan. Dastlabki ilmni otasidan o‘rganib, Ray va Marog‘a shahridagi madrasalarda tahsil oladi. O‘z davrida ham diniy, ham dunyoviy ilmlar sohasida shuhrat topadi.

 

Qabristonlar obodligi – xalqimiz ma'naviyati ko‘zgusi

Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 

“Qabrlarni ziyorat qilib turinglar, chunki u o‘limni eslatadi”. Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.

 Xalqimizda “Biror yurtni yaxshiroq bilmoqchi bo‘lsang, uning bozorini va mozorini ziyorat qil”, degan naql bor. Darhaqiqat, bozorlar yurtning nechog‘li farovon yoki abgor ekanini ko‘rsatsa, qabristonlar bu o‘lka ahlining ma'naviy dunyosi, ajdodlar merosiga munosabati va iymon-e'tiqodi darajasini ifoda etadi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing