O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Yaxshilikka dalolat qilish xuddi uni qiluvchi kabidir

Yaxshilik haqida gapirar ekanmiz, aslida dinimizda insonlar bir-birlariga yaxshilik qilishi va unga dalolat qilishi Allox ta'olo  tomonidan farz qilingan bo‘lib, Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi: “Mo‘min va mo‘minalar bir-birlariga do‘stdirlar. Ma'rufga buyururlar, munkardan qaytarurlar” (Tavba surasi–71 oyat). Ushbu oyatdagi «Ma'rufga buyururlar, munkardan qaytarurlar...» jumlasidan “Jamoat shaklida yaxshilik qilishga urinadilar, ko‘plashib yomonlikka qarshi kurashadilar” ma'nosi tushuniladi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v) ham yaxshilik qilish qanday ulug‘ amal ekanligini tasdiqlab, shunday deydilar: “Har bir yaxshilik sadaqadir. Yaxshilikka dalolat qiluvchi xuddi uni qiluvchi kabidir”. Rasululloh (s.a.v) ning ushbu muborak so‘zlaridan insonlar doimo bir-birlariga yaxshilik qilishda bardavom bo‘lishi hamda bu xayrli ishga dalolat qilish kabi ulug‘ fazilatlar tushuniladi.

Abu Hurayra (r.a) dan rivoyat qilingan bir hadisi sharifda bu ulug‘ fazilat haqida shunday deyiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshilikka buyuraveringlar garchi amal qilmasalar xam, yomonlikdan qaytaraveringlar  garchi qaytmasalar xam” - dedilar.

Yana bir hadisda keltiriladiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi kelib so‘radi: “Insonlar qaysi amallarni  qilsa  Allox taolo u kishini yaxshi ko‘radi?” Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloxga iymon keltirish, qarindoshlar bilan bog‘lanish va odamlarni yaxshilik qilishga buyurish hamda gunox qilishdan qaytarish” deb javob berdilar. U kishi yana so‘radi: “Insonlar qaysi amallarni  qilsa  Alloxning g‘azabi keladi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloxga shirk keltirish, qarindoshlar bilan aloqani uzish va odamlarni yaxshilik qilishga buyurmaslik, gunox yo‘llardan qaytarmaslik” - deb javob berdilar. Yuqorida keltirilgan oyat va hadislardan anglashimiz mumkinki, musulmon kishi doimo odamlarga yaxshilik qilish va unga dalolat qilish bilan birga xatolardan qaytarish kabi xayrli ishlarda bardavom bo‘lishi lozim ekan. Shundagina inson Alloh taolo tomonidan va'da qilingan ulug‘ savoblardan bahramand bo‘ladi insha Alloh. Alloh taolo barchamizni o‘zining solih bandalari qatorida qilsin.

O.Toshbekov - Narpay tumani "Naqshbandiy" masjidi xodimi

Kiritilgan vaqti: 20/06/2020 17:12;   Ko‘rilganligi: 2274
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/yaxshilikka-dalolat-qilish-xuddi-uni-qiluvchi-kabidir
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 14:59
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing