O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Oxiratda darajam baland bo‘lsin desang, dunyoda amal qilib qol!

 
 

Odamlar bu dunyoni turli darajalarda bo‘lganlari kabi, oxiratda ham turli darajada bo‘ladilar. Oxiratda ular to‘rt qismga bo‘linadilar: halok bo‘luvchilar, azoblanuvchilar, najot topuvchilar va yutuqqa erishuvchilar.

Ushbu qismlarning har biridagilar ham ne'mat va azobda o‘z hollariga qarab turlicha bo‘ladilar. Bu holat quyidagi hadisi sharifda o‘z ifodasini topgan.

         Abu Hurayra va Huzayfa roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi:

     “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

     “Alloh taboraka va taolo qiyomat kuni odamlarni jamlaydi. Shunda mo‘minlar jannat ularga yaqinlashtirilguncha turadilar. So‘ngra Odamning oldiga borib:

     “Ey otamiz! Bizlarga jannatning ochilishini so‘rab ber”, deyishadi.

     “Sizlarni jannatdan otangiz Odamning xatosidan boshqa narsa chiqarmagan. Men siz aytgan narsaga sohib emasman. O‘g‘lim Ibrohim Xalilullohning oldiga boringlar”, deydi.

     Bas, Ibrohim:

     “Men siz aytgan narsaga sohib emasman. Men faqatgina orqada turib xalil bo‘lganman, xolos. Sizlar Alloh gaplashgan Musoning oldiga boringlar”, deydi.

      Bas, ular Musoning oldiga boradilar va u:

      “Men siz aytgan narsaga sohib emasman. Allohning kalimasi va ruhi bo‘lgan Iysoning oldiga boringlar”, deydi.

      Iyso ham o‘z navbatida:

      “Men siz aytgan narsaga sohib emasman”, deydi.

      Shunda ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga boradilar. Bas, u zot turadilar va u zotga (shafoat qilishga) izn beriladi.

      Omonat va rahm qo‘yib yuboriladi. Ikkisi kelib, sirotning ikki – o‘ng va chap tomoniga turib oladilar. Bas, sizlarning birinchilaringiz xuddi chaqmoqdek o‘tib ketadi”, dedilar.

      “Ota-onam sizga fido bo‘lsin. Xuddi chaqmoqdek o‘tish qanday bo‘ladi?” dedim.

       “Chaqmoqning ko‘z ochib yumguncha qanday o‘tib, qaytganini ko‘rmaganmisizlar?! So‘ng xuddi qushdek va kishilarning yugurganidek o‘tiladi. Ularni amallari yugurtiradi. Nabiyingiz esa sirotda turib, “Robbim! Salomat qil! Salomat qil!” deydi.

      Bandalarning amallari ojiz bo‘lib qolganda, ba'zi kishilar yurishga qodir bo‘lmay, sudralib o‘tadilar.

      Sirotning ikki tarafida ombirlar osilgan bo‘ladi. Ular amr qilingan shaxsni tutishga shay turadilar. Bas, tirnalib qutulganlar ham, tutilib tashlanganlar ham bo‘ladi”.

     Abu Hurayra joni qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, jahannamning qa'ri yetmish kuzdir”.

Muslim rivoyat qilgan.

HASANXON TEMIROV – O‘MI Samarqand viloyat vakilligi mutaxassisi ("Ruhiy tarbiya" kitobi asosida tayyorladi).


Kiritilgan vaqti: 23/06/2020 12:23;   Ko‘rilganligi: 803
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/oxiratda-darajam-baland-bolsin-desang-dunyoda-amal-qilib-qol
Chop etilgan vaqti: 21/05/2024 22:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing