O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Husni xulq – mo‘minning axloqi

 
 

Dinimiz insonlarning baxt-saodatini ko‘zlagan adolatli dindir. Insonni jamiyatda go‘zal hayot kechirish uchun unga lozim bo‘lgan sifatlarni tavsiya etadi. O‘sha fazilatlar bilan xulqlanib jannatga kirishni taklif etadi. Darhaqiqat, jannatda ko‘zlar ko‘rmagan, quloqlar eshitmagan, hayollarga ham kelmagan, behisob, bitmas tuganmas, eskirmas, buzilmas, har luqmasi, har yutumi o‘zgacha lazzatlarga boy bo‘lgan turfa xil ne'matlar bor.  Ana shu ne'matlar go‘zal axloq egalariga va'da qilingan. Ular jannatda abadiy, g‘am tashvishsiz hayotga erishgaylar, eng muhimi Haq subhanu va  taoloning jamolini ko‘rishga muyassar bo‘lgaylar.

Turli balo-yu ofatlardan, tashvishlardan iborat bu qisqa va o‘tkinchi dunyoning aldoqchi zavqlariga berilmay, borliq podshosi va Uning mahbubi Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning ko‘rsatgan eng go‘zal sifatlarni egallab, jannat va Jamoli Ilohiyani mushohada etishga umid qilish va intilish lozimdir.

Hazrati Anas roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytdilar: " Go‘zal xulq dinniig yarmidir "  Juda  muhim narsa bu!

Hazrati Ali roziyallohu anhu  rivoyat qilgan boshqa hadisda esa bunday deyiladi: "Sizlar  go‘zal hulqli bo‘lingizlar, chunki  go‘zal  hulq sohibi hech shubhasiz jannatdadir. Chunki yomon hulq sohibi, hech shubhasiz do‘zaxdadir..."

Yana bir hadisi sharifda shunday  deyilgan: " Qiyomat kunida mo‘minning tarozisida eng og‘ir keladigan narsa go‘zal xulqdir."

Alloh mo‘minlarni yengillik , yumshoqlik sifatlari bilan eslaydi. Bu ikki xislat axloqi hasana - go‘zal xulqlardandir. Qur'oni karimda ham bu ikki axloq  madh etilgan . Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning go‘zal va yumshoq  muomalalari soyasida zamonasining johil va razil  qalbli insonlari uning  atrofida jam bo‘lishib, iymonu Islomga musharraf bo‘lishdi. Din yo‘lida hatto jonlarini fido qilishdan qaytmadilar. Holbuki, agar Payg‘ambarimiz qattiq qalbli bo‘lsa edi, mazkur  yaxshiliklarning hech  biri sodir bo‘lmagan  bo‘lardi.

Demak, go‘zal axloq oxiratda Jannatga kirmoq sababidir. Tarozida  tosh bosadi, og‘ir keladi ! U - Alloh sevgan narsadir. Go‘zal axloqning dunyoda ham, oxiratda ham foydasi bor.

Mo‘minlar Kur'onga amal qilishda Robbimizning "Va albatta sen ulkan xulq ustidasan", deb vasf etgan Payg‘ambari sallollohu alayhi vasallamdan ibrat oladilar. Chunki, Payg‘ambarimizning  xulqlari  Qur'on edi. Alloh bandalarini dunyo va oxiratda ularning surati va mol davlatiga qarab emas , balki ularning taqvosi va go‘zal xulqlariga   qarab  daraja va martabalarini ko‘taradi.

A.Rasulov - Pastdarg‘om tuman "Beshnayman" jome' masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 22/06/2020 14:40;   Ko‘rilganligi: 1188
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/husni-xulq-mominning-axloqi
Chop etilgan vaqti: 22/05/2024 06:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing