O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Halollik - baraka manbayi

 
 

Alloh taolo inson zotini yer yuzida yashashini ixtiyor qildi va yashash uchun insonga behisob nematlarni ato qildi. Shu nematlar ichida inson uchun foydali bo‘lganlari va zarar yetkazadiganlari mavjud.

Alloh taolo o‘z kitobida: «Ey imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz , Biz sizlarga rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, unga shukr qilingiz!” deb marhamat qilgan. (Baqara surasi, 172-oyat).

Demak oyatdan ko‘rinib turibdiki, nematlarni faqat pokiza va halolidan istefoda qilishimiz zarur ekan. Alloh taolo o‘zining kitobida barcha narsalarni halol va haromini anglatib qo‘ygan. Muqaddas Islom dinimizda halollikka juda katta e'tibor beriladi. Ibodat masalalarida ham, tijoratda ham, muomilada ham. Chunki qilgan ibadatlarimizni Alloh huzurida qabul bo‘lishi albatta halollikka bog‘liq.

Abu Hurayra( roziyallohu anhu)dan qilingan rivoyatda: “Ey insonlar, Alloh taolo pokdir. Faqat pokni qabul qilur. U mo‘minlarni rasullarni buyurgan narsaga amr qilgan”, deb qo‘yidagi oyatlarni o‘qidilar. “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: (Payg‘ambarlarimizga shunday dedik): “Ey payg‘ambarlar! Pok (taom) lardan tanavvul qilingiz va ezgu (ish) qilingiz! Albatta, men qilayotgan ishlaringizni biluvchidirman” .(Muminun surasi, 51 oyat).

Tijorat masalasi - insonlarning doimiy hojati tushib turadigan narsa bo‘lib, tijorat bilan shug‘ullanadigan kishilar ham undagi halol va harom masalalarini yaxshi bilishlari lozim, aks holda o‘zlariga va o‘zgalarga ham zulm qilgan bo‘ladilar. Ulamolar tijoratning ta'rifida bir biriga yaqin, bir necha ma'nolarni aytishgan:”Tijorat – biron narsani savdoga qo‘yib, foyda olish uchun sotib olishdir”, “Tijorat – oldi sotdi ila foyda izlashdir”, “Tijorat – foyda ko‘rish maqsadida molni aylantirishdir”.

Savdoda ikki tomonning roziligi shartdir. Birovni zo‘rlash, aldash, majburlash harom hisoblanadi. Imom Muslim rivoyat qilgan  hadisda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “ Kim bizni aldasa, u bizdan emas”, deganlar.

Hozirgi kunda odamlar ichida bilib yoki bilmasdan, ilmsizlik sabab turli ko‘rinishdagi  oldi berdilar masalasida haromga aralashib qolish holatlari mavjud. Jumladan:

  1. Ribo ya'ni sudxo‘rlik
  2. Ehtikor (monopoliya)
  3. Tarmoqli marketing ya'ni (piramida). Bunda kishilarga ko‘p va'dalar berishadi va shular orqali odam to‘plashadi. A'zo bo‘lganlarga turli xildagi bonuslar berishadi. Dunyoda tarmoqli marketingni har xil turi bor. Har birining o‘z yo‘nalishi va shartlari mavjud. Bunday savdolarning hukmi harom hisoblanadi.

Sababi, bu kabi ishlardan maqsad oldi-sotti emas, balki ko‘proq foyda ko‘rishdir. Bunda o‘n minga sotilayotgan mahsulotning asl narxi yuz so‘mdan ham oshmasligi mumkin. Bunday kompaniyalar kishilarni kichikroq miqdordagi pul bilan ( biror maxsulotni sotib olish bilan) kompaniyaga qo‘shilish, keyin esa bu pulni bir necha barobar qilib qaytarib olish ikoniyati bilan o‘zlariga jalb qiladilar. Aslida kompaniyaning mahsulot taklif qilishi ko‘zbuyamachilik xolos. Kompaniyaning asosiy maqsadi maxsulot sotish emas, balki piramidaga ko‘proq odamlarni jalb qilishdir. Bu esa quyidagi sabablarga ko‘ra haromdir. (Ilmiy tadqiqotlar va Fatvo berish doimiy qo‘mitasining 22935- raqamli fatvosi).

Islom dinida nafaqat harom, balki shubhali ishlardan ham yiroq bo‘lish lozimligi aytiladi. Shubha bu - hukmi noaniq bo‘lgan, aslini bilib bo‘lmaydigan narsalarga aytiladi. Buning hukmini olimlardan so‘rab, keyin foydalanish lozim bo‘ladi.

Nu'mon ibn Bashir raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:”Nabiy sallollohu alayhi vasallam:”Abatta, halol ochiq oydindir, albatta harom ochiq oydindir. Va ikkovlari orasida shubhali narsalar bordir. Ularni odamlarning ko‘plari bilmaslar. Bas, kim shubhalardan saqlansa, dini va obro‘si uchun poklangan bo‘ladi. Kim shubhalarga tushsa, haromga tushadi”, dedilar.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, hayotimizning turli jabhalarida, kim bo‘lishimizdan qat'iy nazar halollikni o‘zimizga lozim tutishimiz, dinimiz va jamiyatimizni bunday haromga olib boradigan illatlardan saqlashimiz lozim bo‘ladi.

A.Yaqubov - Ishtixon tuman bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 22/06/2020 15:34;   Ko‘rilganligi: 2539
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/halollik-baraka-manbayi
Chop etilgan vaqti: 12/02/2025 09:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing