SALOMATLIK INSON BOYLIGIDIR
Alloh taolo bandalarini vaqti-vaqti bilan turli xastaliklar, salomatlikning yomonlashuvi bilan imtihon qilib turadi. Alloh taolo Quron karimda shunday bayon kilgan. “Albatta, Biz sizlarni bir oz qurqinch va ochlik bilan, mol-mulkga, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda "Albatta biz Allohnikimiz va albatta biz unga qaytuvchimiz " dedilar. Ana o‘shalarga robbilaridan salovatlar va rahmat bor”.(Bakara surasi 155-156-oyatlar.)
Alloh taolo ayniqsa o‘zi so‘ygan bandalariga dard va xastalikni, og‘riq va bemorliklarni ko‘prok beradi. Kassalikni faqat sabablarga bog‘lash qanchalik johillik bo‘lsa, dard kelganida davolanmaslik ham shunchalik jaholatdir. Dinimizda davolanishga ruxsat etilgan.Lekin shuni ham bilib quyish lozimki, bemorlik, dard yaratganning bandaga yuborgan bir nemati, imtihoni ham dir.Chekkan dardi tufayli uning gunohlari kechiriladi, amallar kitobiga katta savoblar yoziladi oxiratdagi martaba-maqomi yuksaladi. Bemorlik tufayli inson yaratganni ko‘proq eslashni boshlaydi unga yanada yaqinlashadi, salomatlikning qadriga yetadiganbo‘ladi. Xastalik o‘limni oxirat dunyosini insonning ko‘z oldiga keltirib qo‘yadi.
Allox taolo Quron karimning Zumar surasida shunday bayon kilgan. "Bas, kachon insonga biror ziyon yetsa, bizga duo kilur. Sungra qachon biz o‘z tomonimizdan unga biror ne'mat ato etsak, u shubxasiz, bu (nemat)menga o‘zimning bilimdonligim sababli berildi. "der. Aslida u sinovdir, lekin ularning aksariyati (buningsinovekanini) bilmaslar.
Alloh taolo barchalarimizga xidoyatda bardavom aylasin va bemorlarimizga shifo bersin.
Turayev Sobir - Urgut tuman "Shayx Qutbiddinxon" jome masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 22/06/2020 11:04; Ko‘rilganligi: 1162
Chop etilgan vaqti: 06/10/2024 18:09