Axborot xizmati

SAMARQAND VILOYATI IMOMLARI UCHUN TAJVID DARSLARI BO‘LIB O‘TDI

Shayx Alijon qori boshchiligidagi ustozlar ishtirokida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar uchun tajvid darsi tashkil qilindi.

 

Keksalarimiz doim e'tiborda

Dinimiz inson naslini mukarram sanaydi, Allohni maxluqotlari ichidagi eng azizi va ehtiromga munosibi deb baholaydi. Payg‘ambarimiznig (sollallohu alayhi va sallam) yoshi ulug‘larimizni qadrlash, ularning hurmatini joyiga qo‘yish haqida ko‘plab hadislari bor.

Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinishicha, Nabiy (alayhissallom): “Kim kichigimizga rahm qilmasa, kattamizning haqini bilmasa, bizdan emas”, deganlar Hokim rivoyati). Boshqa bir hdisi sharifda esa: “ kim kattamizni ulug‘lamasa, bizdan emas”, deyilgan (Imom Termiziy rivoyati)

 

Juma tashrifi

 Ayni vaqtda, Zayniddin domla Eshonqulov Samarqand shahridagi “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jomesiga tashrif buyurib, juma namozidan oldin KEKSALAR BOR UYDA BARAKA BOR! mavzusida ta'sirli ma'ruza qilib bermoqdalar.

 

2023 yil uchun obuna mavsumida faollik ko‘rsatgan masjid imom-xatiblari sovg‘alar bilan taqdirlandi

Xayrli ishlarning turi ko‘p. Har birining ixlos va samimiyatga qarab ajri bor, savobi bor. Illo, ma'rifat ulashishning, mo‘min-musulmonlarning xonadonlariga ziyo kiritishning savobi juda katta.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyining “Hidoyat” va “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2024 yil uchun obuna mavsumi boshlandi.

 

IMOM-XATIBLAR O‘QUVI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatida ish olib borayotgan imom-xatiblar malaka oshirish o‘quvining so‘nggi bosqichi asosan tinglovchilar ishtirokidagi interaktiv mashg‘ulotlar asosida o‘tdi.

 

O‘QUV AMALIYOT BILAN HAMOHANG KECHMOQDA

Samarqand viloyatining iqtidorli imom-xatiblari o‘quvining navbatdagi qismida tinglovchilarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Moturidiy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi olimlari ma'ruza qildi.

 

Bemorni ziyorat qilish – ibodat hamda ahillikdan nishona demak

Bemorni ko‘rgani borish sunnatdir. Bemor musulmonning boshqa musulmonlar ustida haqqi bor. U ham bo‘lsa, ularning bemorni ziyorat qilib, ko‘ngil so‘rashlari, haqqiga duo qilib ketishlaridir.

Islom bemorlar holidan xabar olishni muhim ishga aylantirgan. Chunki bu ish bemor uchun, shaxsiy aloqalarni hamda jamiyatni mustahkamlash uchun g‘oyat zarurdir. Musulmonlar ana o‘sha oliy martabaga erishish uchun doimo harakat qilib kelishgan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Savbondan rivoyat qilinadi:

 

SAMARQAND VILOYATI IMOM-XATIBLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH O‘QUVLARI BOSHLANDI

Ayni daqiqalarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan masjid imom-xatiblari ishtirokida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.

 

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Jomboy tumanida tashkil qilindi

Bugun, 2023 yil 19 sentyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Jomboy tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 7 ta masjid imom-xatiblari va faol xodimlar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari tumandagi 17 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi.

 

Samarqand viloyatidagi 288 nafar imom-xatiblar bilan ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Shu yil 14 sentyabr kuni Hadis oliy maktabi zalida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 288 nafar imom-xatiblar bilan ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari B.Qodirov, DIQ ning viloyat bosh mutaxassisi S.Boymurodov, viloyat bosh imom-xatibi v.v.b Yo.Mansurov, Imom buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Sh.Ziyodov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov va Hadis oliy maktabi rektori O.Yusupovlar ishtirok etdilar.

 

13 Sentabr chorshanba kunidagi FUQAROLAR MUROJAATI

Shu yil 13 Sentabr chorshanba kuni Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarimiz tomonidan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatini tingladilar.

 

Bo‘lajak imom-xatibi va imom-noiblari bilan uchrashuv

Samarqand viloyat vakilligi binosida Yoqubjon domla Mansurov boshchiligida diniy talim muassasalarining Samarqandlik bitiruvchi kurs talabalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

Bayramga haqiqiy tuhfa

Bugungi sana mamlakatimiz aholisi uchun katta shodiyonalik kuni hisoblanadi. Avvalo, mustaqillik kuni bayrami bo‘lsa, o‘quvchilar uchun tahsilning boshlanishi – bilimlar kuni hamdir. Yurtimizda mana shunday bayram kunlariga tuhfa hozirlash an'anaga aylangan. Bulung‘ur tumanining eng chekka manzillaridan biri Chorbog‘ mahallasida maktab yo‘q edi. Yoshlar o‘zlari yashaydigan mahalladan ancha olisda bo‘lgan maktabga qatnar edi. 

 

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Narpay tumanida tashkil qilindi

Bugun, 2023 yil 29 avgust kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 18 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 18 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Narpay tumanidagi 18 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Buxoro viloyatida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlari boshlandi

 "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlari yurtimiz bo‘ylab keng qamrovda olib borilmoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing