O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

2023 yil uchun obuna mavsumida faollik ko‘rsatgan masjid imom-xatiblari sovg‘alar bilan taqdirlandi

 
 

Xayrli ishlarning turi ko‘p. Har birining ixlos va samimiyatga qarab ajri bor, savobi bor. Illo, ma'rifat ulashishning, mo‘min-musulmonlarning xonadonlariga ziyo kiritishning savobi juda katta.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyining “Hidoyat” va “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2024 yil uchun obuna mavsumi boshlandi.

Shu munosabat bilan, bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi majlislar zalida mazkur nashriyot mas'ullari boshchiligida “Hidoyat” va “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2023 yil uchun obuna mavsumida faollik ko‘rsatgan va ushbu nashrlarga eng ko‘p obuna bo‘lgan tuman bosh imom-xatiblari hamda masjid imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida rahbarlar tomonidan mazkur yo‘nalishdlarda faollik ko‘rsatgan soha xodimlari nashriyot tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, yig‘ilishda mazkur nashrlarga 2024 yil uchun obuna mavsumi boshlangani, mo‘min-musulmonlarning ma'rifatini yanada yuksaltirish, ularga muqaddas dinimizning sof ta'limotini yetkazishda “Hidoyat” va “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasi qimmatli nashrlar ekani aytib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida soha xodimlariga bundanda ulkan muvaffaqiyatlar so‘rab, xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 27/09/2023 15:50;   Ko‘rilganligi: 164
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/2023-yil-uchun-obuna-mavsumida-faollik-korsatgan-masjid-imom-xatiblari-sovgalar-bilan-taqdirlandi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 11:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing