O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Bemorni ziyorat qilish – ibodat hamda ahillikdan nishona demak

 
 

Bemorni ko‘rgani borish sunnatdir. Bemor musulmonning boshqa musulmonlar ustida haqqi bor. U ham bo‘lsa, ularning bemorni ziyorat qilib, ko‘ngil so‘rashlari, haqqiga duo qilib ketishlaridir.

Islom bemorlar holidan xabar olishni muhim ishga aylantirgan. Chunki bu ish bemor uchun, shaxsiy aloqalarni hamda jamiyatni mustahkamlash uchun g‘oyat zarurdir. Musulmonlar ana o‘sha oliy martabaga erishish uchun doimo harakat qilib kelishgan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Savbondan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

“Kim bir bemorni ko‘rgani borsa, to qaytgunicha jannatning xurfasida bo‘lur”, dedilar.

“Ey Allohning Rasuli, jannatning xurfasi nima?” deyildi.

“Mevasidir”, dedilar” (Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar).

Xabaringiz borki, Saudiya Arabistonida hojilar xizmatiga bel bog‘lagan Zayniddin domla avtohalokat tufayli jarohat olgan va muolajalar olayotgan edi. Allohga shukr, domlaning sog‘liklari yaxshi. Bugun Toshkent shahridan “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom xatibi Rahimberdi domla Rahmonov domlaning ziyoratida bo‘ldi. Suhbat nihoyasida ziyoratga kelgan mehmonlar bemorning haqlari tezroq sog‘ayib, yana xalqimiz, dinimiz va mo‘min-musulmonlar xizmatida ko‘p yillar qoim bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab duo qilgan bo‘lsalar, e'tibor, tashrif va ziyorat uchun Zayniddin domla ham tashakkurlar bildirib, ularning ham haqlariga duo xayrlar qildi.

     O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 20/09/2023 17:06;   Ko‘rilganligi: 217
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/bemorni-ziyorat-qilish-ibodat-hamda-ahillikdan-nishona-demak
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 11:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing