O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Jomboy tumanida tashkil qilindi

 
 

Bugun, 2023 yil 19 sentyabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Jomboy tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 7 ta masjid imom-xatiblari va faol xodimlar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari tumandagi 17 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi.

Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Jomboy tumanidagi 7 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Muborak oylarni g‘animat bilaylik”, “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 17 ta. Shundan 2 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 52 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi hamda boshqa yo‘nalishdagi muammolari hamkor tashkilot masullari bilan birgalikda ijroga yo‘naltirildi.  
  • Nogironligi bor va kasalmand 2 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 1 ta. Ularning oilasidagi kelishmovchiliklar isloh qilindi. Ular o‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Uyushmagan yoshlar bilan 9 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 60 nafardan ko‘proq uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 7 ta masjidda Peshin namozi o‘qilib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 1 000 nafarga yaqin namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori: 11 200 000 so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov Jomboy tumanidagi “Islomobod” jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilari bilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, ularning aholi bilan “Sabr toqat”, “Iymon e'tiqod”, “Ibo hayo”, “Ayollar o‘rtasida ichkilikning oldini olish”, “Ta'lim tarbiya”, “Bid'at-xurofot”, “Ajrimlarning oldini olish”, “Ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik” va “Jinoyatchilikning oldini olish” kabi ko‘proq ma'rifiy suhbatlar tashkil qilish hamda soha xodimlarining avvalo o‘zlari xalqqa namuna bo‘la olishlari borasida davra suhbati o‘tkazdi. Shundan so‘ng, Xayrullo domla mazkur masjidda jamoat bilan Peshin namozini ado qildilar va namozdan so‘ng jamoatga “Mukborak damlarni g‘animat biling” va “Yoshlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik” mavzularida mazmunli ma'ruza qilib berdilar.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Jomboy tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, tumanda diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar va namozxonlar tomonidan qilinayotgan shikoyatlar muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi v.v.b. Yoqubjon domla Mansurov va viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholining muammolarini yanada chuqurroq o‘rganib, ularni bartaraf etish, ular bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/09/2023 16:26;   Ko‘rilganligi: 210
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/sayyor-yigilishning-navbatdagisi-jomboy-tumanida-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 07:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing