O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Keksalarimiz doim e'tiborda

 
 

Dinimiz inson naslini mukarram sanaydi, Allohni maxluqotlari ichidagi eng azizi va ehtiromga munosibi deb baholaydi. Payg‘ambarimiznig (sollallohu alayhi va sallam) yoshi ulug‘larimizni qadrlash, ularning hurmatini joyiga qo‘yish haqida ko‘plab hadislari bor.

Abu Hurayradan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinishicha, Nabiy (alayhissallom): “Kim kichigimizga rahm qilmasa, kattamizning haqini bilmasa, bizdan emas”, deganlar Hokim rivoyati). Boshqa bir hdisi sharifda esa: “ kim kattamizni ulug‘lamasa, bizdan emas”, deyilgan (Imom Termiziy rivoyati)

Bugun yoshi ulug‘larimizni yanada ezozlash maqsadida viloyat bosh imom-xatibi v.v.b Yoqubjon domla Mansurov boshchiligida bir qancha ustozlar Payariq tumanidagi “Islom Nuri” masjidiga tashrif buyurishdi hamda ushbu masjidda peshin namozini jamoat bilan birga ado etdilar. Shundan so‘ng, Payariq tumanida ko‘p yillardan buyon xizmat qilib kelayotgan Qarshiboy domlaga viloyat vakilligi va shogirtlari tomonidan fahriy yorliq hamda estalik sovg‘alari topshirildi. Yoshi ulug‘ domlamiz o‘z shoirdlari tomonidan e'zozlandi, izzat – ikromda bo‘ladi. Ushbu tadbir yakunida fahriy ustozlarimiz tomonidan xayirli duolar qilindi.

Keksalarimizning duolari bilan yurtimiz tinch, farovon. Zero, Payg‘ambarimiz: (sollallohu alayhi va sallam): “Agar orangizda munkillagan qariyalar, o‘tlab yurgan jonzotlar va emizikli chaqaloqlar bo‘lmaganida edi, boshingizga balolar selday oqib kelardi”, deb ogohlantirganlar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 07/10/2023 17:02;   Ko‘rilganligi: 251
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/keksalarimiz-doim-etiborda
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 09:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing