O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Bo‘lajak imom-xatibi va imom-noiblari bilan uchrashuv

 
 

Samarqand viloyat vakilligi binosida Yoqubjon domla Mansurov boshchiligida diniy talim muassasalarining Samarqandlik bitiruvchi kurs talabalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida xalqning diniy ehtiyojlarini qondirishda masjidlar hamda diniy xodimlarning xizmati katta o‘rin tutadi. Masjid imom va noiblari jamoatga namozlarni ado qilib berish bilan birga kundalik masalalarda musulmonlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ularning dardiga quloq solib, qiynayotgan muammolariga yechim topish orqali ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadilar. Shuning uchun, bo‘lajak imom-xatib, imom-noib vazifasida ishlovchi talabalarning ilmiy saviyasi, dunyoqarashi va shaxsiy sifatlari talab darajasida bo‘lishi lozim.

Masjid mehrobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan meros ekan, U zotga munosib bo‘ladigan diniy soha xodimlarini tayyorlash asosiy vazifa hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/09/2023 10:29;   Ko‘rilganligi: 154
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/bolajak-imom-xatibi-va-imom-noiblari-bilan-uchrashuv
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 10:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing