O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

IMOM-XATIBLAR O‘QUVI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI

 
 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatida ish olib borayotgan imom-xatiblar malaka oshirish o‘quvining so‘nggi bosqichi asosan tinglovchilar ishtirokidagi interaktiv mashg‘ulotlar asosida o‘tdi.

Markaz trenerlari tomonidan ishtirokchilar ikki sho‘bada, katta va kichik guruhlarga bo‘lingan holda soha vakillarining amaliy ish faoliyatida uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotiy vaziyatlar hamda muammoli holatlar chuqur tahlil qilindi. Qatnashchilar o‘rtaga tashlangan dolzarb mavzu va masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini erkin tarzda bildirish va o‘zaro qizg‘in munozaraga kirishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Sho‘balarning har biridagi mashg‘ulotlar yakunida faoliyatga oid muhim yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy va maqsadli xulosalar ishlab chiqildi.

Shundan so‘ng viloyatdagi iqtidorli imom-xatiblarning bir haftalik malaka oshirish o‘quvining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz direktori Shovosil Ziyodov, viloyat hokimning jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Qodirov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Camarqand viloyat vakili v.v.b Yoqubjon Mansurov so‘zga chiqib, malaka oshirish dasturining bugungi kundagi dolzarb ahamiyati, mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda qo‘llashning hayotiy zarurati haqida so‘zladi va tinglovchilarni o‘quvlarning muvaffaqiyatli yakuni bilan qizg‘in tabrikladi.

Ishtirokchilarning barchasiga tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 23/09/2023 13:43;   Ko‘rilganligi: 177
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/imom-xatiblar-oquvi-muvaffaqiyatli-yakunlandi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 09:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing