O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Sayyor yig‘ilishning navbatdagisi Narpay tumanida tashkil qilindi

 
 

Bugun, 2023 yil 29 avgust kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Narpay tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 18 ta masjid imom-xatiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 18 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Narpay tumanidagi 18 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 18 ta. Shundan 12 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 48 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi hamda boshqa yo‘nalishdagi muammolari hamkor tashkilot masullari bilan birgalikda ijroga yo‘naltirildi.  
  • Nogironligi bor va kasalmand 4 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 1 ta. Ularning oilasidagi kelishmovchiliklar isloh qilindi. Ular o‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 1 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Tushuntirish ishlari davomida ushbu fuqaro qilayotgan ishlarining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Uyushmagan yoshlar bilan 10 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 100 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 18 ta masjidda Peshin namozi o‘qilib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 1 000 nafardan ortiq namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori: 13 500 000 mln so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov Narpay tumanidagi “Naqshbandiy” jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilari bilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, mahalla mullolarining nikohlarni o‘qimasligi, mahalla mullolari uchun xaftaning har dushanba kuni, otinoyilar uchun esa xaftaning har shanba kunini MFY raislari hamda faollari bilan hamkorlikda aholi bilan ishlash kuni etib belgilash, ularning aholi bilan “Sabr toqat”, “Iymon e'tiqod”, “Ibo hayo”, “Ayollar o‘rtasida ichkilikning oldini olish”, “Ta'lim tarbiya”, “Bid'at-xurofot”, “Ajrimlarning oldini olish”, “Ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik” va “Jinoyatchilikning oldini olish” kabi ko‘proq ma'rifiy suhbatlar tashkil qilish hamda soha xodimlarining avvalo o‘zlari xalqqa namuna bo‘la olishlari borasida davra suhbati o‘tkazdi. Shundan so‘ng, Xayrullo domla mazkur masjidda jamoat bilan Peshin namozini ado qildilar va namozdan so‘ng jamoatga “Inson e'tiqodi amallarida aks etadi” mavzusida mazmunli ma'ruza qilib berdilar.
  • Mazkur tadbirlardan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Narpay tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, tumanda diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar va namozxonlar tomonidan qilinayotgan shikoyatlar muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishga viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Narpay tumanidagi mutaxassisi Ravshan Valiulin bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholining muammolarini yanada chuqurroq o‘rganib, ularni bartaraf etish, ular bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 29/08/2023 19:09;   Ko‘rilganligi: 188
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/sayyor-yigilishning-navbatdagisi-narpay-tumanida-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 07:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing