Долзарб мавзу

Ramazon oyiga qanday tayyorgarlik ko‘rdingiz?

“Agar Alloh bu ummatni azoblashni xoxlaganida edi. Ularga Ramazon oyi va Ixlos surasini ato qilmas edi.”   (Xazrati Ali r.a)
 Tasavvur qiling xonadonimizga mexmon tashrif buyurmoqchi. Mexmon qancha uzoqdan kelsa shuncha qadrli bo‘ladi. U bizning sevimli kishimiz, qadirdonimiz, birga o‘qigan do‘stimiz yoxud bir qancha vaqtdan buyon xonadonimizga tashrif buyurishi intizorlik bilan kutilayotgan eng qadrli kishimiz.  Biz u mexmonning ko‘nglini olishni har chorasini izlaymiz.  .O‘zgacha bir xursandchilik, zavq,shavq, o‘zgacha bir ishtiyoq bilan, mexmonni  munosib kutib olishga tayorgarlik ko‘ramiz.

 

Muvaffaqiyatga erishish niyatingiz bo‘lsa

Ertalab uyg‘ondingizmi, kayfiyatingizga ahamiyat bering. Yaratganning shunday saodatga yetishtirganligiga, ya'ni tongda uyg‘otganiga shukur qilib, yaxshi rejalarni tuzib oling.

* * *

Ertalab albatta piyoda yuring, sport bilan shug‘ullaning. Tanangizning harakat qilib turishi – hayotning bardavomligini ta'minlaydi.

* * *

 

BID'ATNING IKKI KO‘RINISHI

Yaratganga shukronalar bo‘lsinki, jamiyat yildan-yilga taraqqiylashib, ilm-fanda yangidan yangi kashfiyotlar qilinmoqda. Insonlarga har tomonlama qulayliklar yaratilmoqda. Ajdodlarimizning boshqa tillarda, jumladan arab tilida yozilgan asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, yurtdoshlarimiz undan bahramand bo‘lmoqdalar. Yoshlarimiz o‘z salohiyatlarini dunyoga tanitib, aslida kim ekanligini namoyon qilishda davom etmoqda. Bularning barchasi quvonarli hol. Undan zavqlanmaslik mumkin emas.

 

G‘IYBAT O‘ZI NIMA?

G‘iybatning ta'rifi shuki, biror kishining yomon sifatini uning o‘zi yo‘qligida, eshitsa unga og‘ir botadigan, dili ranjiydigan tarzda bayon etishga aytiladi. Bunday g‘iybat qiluvchi tili bilan aytsin, qo‘li bilan yozsin yoki tana a'zolarining birisi bilan ishora qilsin, g‘iybat qilingan kishi hoh kofir, xoh musulmon bo‘lsin, buning ahamiyati yo‘q. Kishida mavjud bo‘lmagan ayb haqida gapirish esa tuhmat va bo‘hton hisoblanadi.

 

Mo‘minlar do‘st, firqalar esa o‘zaro nafratdadirlar

Insonlar jamoalanish bo‘yicha ikki toifaga ajraydilar. Rahmonning jamoasi va shayton jamoalari. Alloh taoloning jamoasi tarqoq bo‘lishi aslo mumkin emas. Alloh taolo aytadi: “Dinlarini (firqalarga) bo‘lib, (turli) guruhlarga aylanganlar (uchun) biror narsada (Siz mas'ul) emassiz. Ularning ishi Allohga (havola). So‘ngra (U) ularni qilib yurgan amallaridan ogoh qilur” (An'om, 159).

 

Ona sog‘lom bo‘lsa, jamiyat sog‘lom bo‘ladi

Islom faqat inson hayotining ruhiy, ma'naviy kamolotiga e'tibor beribgina qolmay, ayni vaqtda uning jismoniy jihatlarini ham qamrab olgan[1]. Ma'lumki, shariat bandalarning besh zarurat (din, jon, nasl, mol, aql)ni saqlashlari maqsadida joriy qilingan. Biroz o‘ylab ko‘rilsa, ushbu zaruratlarning uchtasi: jonni, naslni, aqlni asrash  aynan salomatlik bilan bog‘liq ekanini bilamiz. Bundan islom dinida inson salomatligiga qanchalik yuksak e'tibor qaratilganini ko‘rish mumkin.

 

Kuchsiz qavlga tayanib fatvo berish – johillik

 Muhammad Amin ibn Umar ibn Obidin Dimashqiy (1783-1836) rahimahulloh fatvo chiqarish qonun-qoidalaridan iborat hanafiylarning asosiy kitobi “Uqudu rasmil muftiy” asarida quyidagi umumiy qoida va tamoyillarni bayon qiladi. 

  1. O‘zi istagan qavl va fikrga ergashish mumkin emas:

Ibn Obidin rahimahulloh aytadi: “Amal qilish yoki birovga fatvo berish uchun faqatgina mazhab olimlari quvvatli, deb hisoblagan qavlga ergashish vojibdir. O‘zi amal qilishi uchun ham va birovga fatvo berishi uchun ham kuchsiz qavlga ergashish mumkin emas”.

 

MARHUMLARNING QUR'ON TILOVATIDAN NASIBASI 2-QISM

Ma'qil ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O‘liklaringizga «Yosin» surasini siroat silinglar», dedilar».
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kdbrda yotgan mayyit bamisoli suvda g‘ark, bo‘lib ketayotgan va yordam so‘rayotgan kishiga o‘xshaydi, u o‘z otasi, onasi, farzandi, do‘stidan yordam so‘raydi. Agar ulardan duo yetsa, unga butun dunyo boyligidan ulug‘rok, hadya yetgan bo‘ladi. Tiriklar duosi sababli qabr ahllariga tog‘lardek katta savoblar yetadi. Tiriklarning mayyitlarga qiladigan hadyasi ular haqqiga istig‘for aytishdir», dedilar» (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Hadisdan shu narsa ma'lum bo‘ladiki, tiriklarning duosi tufayli o‘tganlarning oxiratdagi darajalari ko‘tariladi, ularning ruhlari xushnud bo‘ladi.

 

MARHUMLARNING QUR'ON TILOVATIDAN NASIBASI

Barchaga ma'lumki, musulmonlar qaysi mazhabda bo‘lishlaridan qat'i nazar, marhumlarga atab xatm o‘tkazish va qabristonda Qur'on tilovat qilishga fatvo berganlar. Ammo ayrim mutaassib kuchlar tomonidan bu ezgu amalga zid holda yondoshadiganlar ham topilib qolmoqda. Ular o‘z rahnamolari tomonidan chiqarilgan dalil-isbotsiz gap-so‘zga uchmoqda.
O‘tgan allomalarimizning fikrlariga suyanib qaraydigan bo‘lsak, diniy hukmlar aqlga emas, balki naqliy dalillarga tayanadi. Aqlni naqldan ustun qo‘yganlar shariatga yengil-elpi qaragan turli chalasavodlar kabi dinni noto‘g‘ri tushuntirishga urinishadi. Natijada o‘zlari ham adashadi, boshqalarni ham tubanlik sari yetaklaydi.

 

G‘uluv nima?

Bir masalaga haddan ziyod darajada berilib chuqur kirib ketish arab tilida "G‘uluv" deb ataladi. Har qanday masalada g‘uluvga ketish oqibati yaxshilikga olib bormaydi. Shuningdek dinda xam. Paygambarimiz (s.a.v) dinda g‘uluvga ketishdan uzoq bo‘ling! deb biz ummatlarini ogoh etganlar.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing