O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MARHUMLARNING QUR'ON TILOVATIDAN NASIBASI 2-QISM

 
 

Ma'qil ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O‘liklaringizga «Yosin» surasini siroat silinglar», dedilar».
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kdbrda yotgan mayyit bamisoli suvda g‘ark, bo‘lib ketayotgan va yordam so‘rayotgan kishiga o‘xshaydi, u o‘z otasi, onasi, farzandi, do‘stidan yordam so‘raydi. Agar ulardan duo yetsa, unga butun dunyo boyligidan ulug‘rok, hadya yetgan bo‘ladi. Tiriklar duosi sababli qabr ahllariga tog‘lardek katta savoblar yetadi. Tiriklarning mayyitlarga qiladigan hadyasi ular haqqiga istig‘for aytishdir», dedilar» (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Hadisdan shu narsa ma'lum bo‘ladiki, tiriklarning duosi tufayli o‘tganlarning oxiratdagi darajalari ko‘tariladi, ularning ruhlari xushnud bo‘ladi.

Abdurahmon ibn Alo otasidan rivoyat qiladi: «Ey bolajonim! Men vafot etsam, qabrimga qo‘yayotganingda «Bismillahi va 'alaa millati Rasulillah, degin. So‘ngra ustimga tuproq tortgin. Keyin bosh tarafimda «Baqara» surasining avvali va oxirini qiroat qil. Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana shunday deganlarini eshitganman»?
«Tafsiri Jalolayn» kitobining muallifi Imom Jaloliddin Suyutiy rahmatullohi alayh: «Musulmonlar barcha asrlarda hech qanday inkorsiz jamlanib, mayyitlariga qiroat qilib kelmoqdalar. Bas, bu narsa ijmo' bo‘ladi. Qabrga qiroat qilishga kelsak, uning shariatda borligiga bizning as'hoblarimiz va boshqalar jazm qilganlar», deganlar.
«Musnadul-Firdavs» kitobida: «Qaysi bir kishi vafotidan keyin uning oldida «Yosin» surasi qiroat qilinsa, albatta, Allohunga yengillik beradi», deyilgan.
Imom Ahmad rahimahulloh aytgan: «Mashoyixlar qachon mayyit uchun «Yosin» surasi qiroat qilinsa, unga yengillik beriladi, deyishgan».
Imom Qurtubiy aytgan: «Ba'zi ulamolar qabr oldida Qur'onni qiroat qilishga ikki novda hadisini dalil keltiradi va qabrlarga novda ekish hamda Qur'on tilovatining foydasi bor-ligini ta'kidlashadi. Ekilgan novda azobni yengillatganidan keyin qandoq qilib mo‘min kishining Qur'on tilovat qilishi foyda ber-masin? Shuning uchun, ulamolar qabr ziyoratini mustahab, tilovat esa ziyoratchidan mayyitga tuhfadir, deyishgan».
Imom Navaviy «Sahihi Muslim»ning sharhida: «Ulamolar qabr oldida Qur'on tilovat qilishni mana shu hadisga asosan mustahabdir, deyishgan. Qabristonga ekilgan daraxt novdasining tasbeh aytishi bilan azob yengillashgach, Qur'on tilovati bilan azobning yengillashishi yanada a'loroq-dir», degan.
Imom Sha'biy aytgan: «Ansoriylar mayyit huzurida «Baqara» surasini o‘qishar edi».
Imom Xallol aytgan: «Ansoriylar biror kishi vafot etsa, uning qabriga navbat bilan qatnab, u yerda Qur'on o‘qishar edi».
Ibrohim Naxa'iy aytgan: «Qabrlar oldida Qur'on qiroat qilishning aslo zarari yo‘q».
Za'faroniy aytgan: «Shofe'iydan qabrlar oldida qiroat qilish xususida so‘raganimda, u zot zarari yo‘q, dedi».
Hanafiy olimlari keltirishlaricha «Fatavoi hindiyya» kitobida: «Mayyit dafn etilgach, qabr oldida bir jonliq so‘yib, go‘shtini taqsimlab bo‘lguncha miqdorda tilovat qilib, may-yitga duo qilish mustahabdir», deyilgan.
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobida keltiriladi: «Mayyitni dafn qilib bo‘lingach, bir jonliq so‘yib, taqsimlangunicha qabr boshida o‘tirish mustahab amaldir. O‘tirganlar Qur'on tilovati, mayyitga duo, va'z, xayr ahlining hikoyalari va solihlarning suhbatlari bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Imom Shofe'iy va u zotning izdoshlari Qur'ondan ba'zi suralari o‘qiladi. Bordiyu Qur'onning barchasi xatm qilinsa, yanada yaxshiroq bo‘ladi», deyishgan».

Hasanov Ahmad Samarqand shahar "Damariq" jome masjidi imom noibi manbalar asosida tayyorlandi


Kiritilgan vaqti: 10/02/2023 14:29;   Ko‘rilganligi: 372
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/marhumlarning-quron-tilovatidan-nasibasi-2-qism
Chop etilgan vaqti: 15/05/2024 04:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing