O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Muvaffaqiyatga erishish niyatingiz bo‘lsa

 
 

Ertalab uyg‘ondingizmi, kayfiyatingizga ahamiyat bering. Yaratganning shunday saodatga yetishtirganligiga, ya'ni tongda uyg‘otganiga shukur qilib, yaxshi rejalarni tuzib oling.

* * *

Ertalab albatta piyoda yuring, sport bilan shug‘ullaning. Tanangizning harakat qilib turishi – hayotning bardavomligini ta'minlaydi.

* * *

Ishda albatta kechagiga nisbatan qandaydir bir yangilik qiling. Bu mayda-chuyda ish deb o‘tirmang. Har kuni shu tarzda davom etsangiz, juda katta muvoffaqiyat sohibi bo‘lib qolasiz.

* * *

Har kuni yutuqlaringizni yozib boring va yana nimalarga erishishingiz mumkinligini ham o‘zingiz belgilang. Ma'lum vaqt o‘tgandan keyin yutuqlaringiz va qilishingiz kerak bo‘lib, qila olmagan ishlaringizni qiyoslab, tegishli xulosa chiqarib, o‘zingizni o‘zingiz boshqarib turing.

* * *

Har kuni imkoniyatingizga qarab kitob o‘qishga albatta vaqt ajrating. Shunchaki kitob o‘qish emas, undan qandaydir ibrat olib, hayotingizga tadbiq qiladigan bo‘ling.

* * *

Internetda odiy kerak bo‘lmagan xabarlar bilan chalg‘ib, ko‘p vaqitingizni yo‘qotmang. Imkon qadar dunyo miqyosida insoniyat nimalarga erishayotganligini o‘rganib, o‘zimiz bilan qiyoslab boring. Biz orqada qolmayapmizmi, degan savolga javobingiz bo‘lsin va nima qilsak dunyo bilan bir darajada hamnafas bo‘lishimizni tafakkur qilib boring.

* * *

Gapirishga juda katta e'tibor qiling. So‘zlaringizni tiniqlashtiring. Turli qo‘pol va nokerak so‘zlarni gapirishdan tiyiling. Notiqlik san'atini qo‘lga kiriting. Chiroyli gapirish bilan birga qayerda nimani gapirishni ham o‘rganing.

* * *

Salomatlikni asrash uchun hordiq kunlarni ochiq havoda o‘tkazing, ta'omlarning pishganini va barrasini iste'mol qilishga o‘rganing. Tez tayyor bo‘ladigan ovqatlarni umuman iste'mol qilmaslikka odatlaning.

* * *

Agar xorijiy tillarni va biror amalni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz albabba har kuni shug‘ullaning. O‘zingizga vazifa qilib oling, hech bo‘lmaganda 5 tadan 10 tagacha yangi so‘z yod olishga va undan so‘z tuzishga harakat qiling.

* * *

Hayotdan orqada qolib ketmaslik uchun kunlik yangiliklarni kuzatib boring. Zamon bilan hamnafas bo‘ling. Sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmang.

* * *

Faqat pul topishni maqsad qilmang. Ishingizga pul to‘lanadigan bo‘lsa, uni takomillashtirishni o‘ylab ish qiling. Shu ishda tajriba, ko‘nikma va bilimni oshirsangiz pulning o‘zi keladi Sizga.

* * *

Birovlarni aldamang, umuman qasam ichmang.  Avval eshiting, so‘ng gapiring. Tizimga tushib oling. Oz-oz bo‘lsa ham qilayotgan xayrli ishingiz bardavom bo‘lsin.

* * *

Ko‘p marta takrorlanadigan qoida bor: topilgan foyda borasida 70/30 taktikasini qo‘llang. Bu degani topgan pulingizni 70 % ini kelajak uchun saqlan, 30 % ini o‘z ehtiyojingiz uchun ishlating. Agar ehtiyojingizga bu taqsimot qanoatlantirmasa, imkoniyatdan kelib chiqing. Ammo har safar topgan pulingizning bir qismi jamg‘arilib borishi lozim.

* * *

Hamma masalada niyatingizni xolis qiling. Doimo yaxshi narsalar haqida o‘ylang. Bir kunda bir kishing ko‘nglini olisha va bir kishini kechirishga odat qiling.

* * *

Yaqinlaringiz va do‘stlaringizni unutmang. Pulni topishingiz mumkin, ammo ota-onangizni, opa-singillarni, aka-ukalarni topishning imkoni yo‘q. Ularni qadirlang.

* * *

Muvaffaqiyatga erishish niyatingiz bo‘lsa albatta ushbu o‘gitlarga amal qiling. Bilimingizni muttasil oshirib boring. Men hali yoshman, ulguraman demang. Men keksaydim, endi bo‘ldi ham demang. Harakat hayotimiz mazmuni bo‘lsin.

Mamayunus Pardayev hikmatlaridan

* * *

 Ertalab uygʻondingizmi, kayfiyatingizga ahamiyat bering. Yaratganning shunday saodatga yetishtirganligiga, yaʼni tongda uygʻotganiga shukur qilib, yaxshi rejalarni tuzib oling.

* * *

Ertalab albatta piyoda yuring, sport bilan shugʻullaning. Tanangizning harakat qilib turishi – hayotning bardavomligini taʼminlaydi.

* * *

Ishda albatta kechagiga nisbatan qandaydir bir yangilik qiling. Bu mayda-chuyda ish deb oʻtirmang. Har kuni shu tarzda davom etsangiz, juda katta muvoffaqiyat sohibi boʻlib qolasiz.

* * *

Har kuni yutuqlaringizni yozib boring va yana nimalarga erishishingiz mumkinligini ham oʻzingiz belgilang. Maʼlum vaqt oʻtgandan keyin yutuqlaringiz va qilishingiz kerak boʻlib, qila olmagan ishlaringizni qiyoslab, tegishli xulosa chiqarib, oʻzingizni oʻzingiz boshqarib turing.

* * *

Har kuni imkoniyatingizga qarab kitob oʻqishga albatta vaqt ajrating. Shunchaki kitob oʻqish emas, undan qandaydir ibrat olib, hayotingizga tadbiq qiladigan boʻling.

* * *

Internetda odiy kerak boʻlmagan xabarlar bilan chalgʻib, koʻp vaqitingizni yoʻqotmang. Imkon qadar dunyo miqyosida insoniyat nimalarga erishayotganligini oʻrganib, oʻzimiz bilan qiyoslab boring. Biz orqada qolmayapmizmi, degan savolga javobingiz boʻlsin va nima qilsak dunyo bilan bir darajada hamnafas boʻlishimizni tafakkur qilib boring. 

* * *

Gapirishga juda katta eʼtibor qiling. Soʻzlaringizni tiniqlashtiring. Turli qoʻpol va nokerak soʻzlarni gapirishdan tiyiling. Notiqlik sanʼatini qoʻlga kiriting. Chiroyli gapirish bilan birga qayerda nimani gapirishni ham oʻrganing.

* * *

Salomatlikni asrash uchun hordiq kunlarni ochiq havoda oʻtkazing, taʼomlarning pishganini va barrasini isteʼmol qilishga oʻrganing. Tez tayyor boʻladigan ovqatlarni umuman isteʼmol qilmaslikka odatlaning.

* * *

Agar xorijiy tillarni va biror amalni oʻrganmoqchi boʻlsangiz albabba har kuni shugʻullaning. Oʻzingizga vazifa qilib oling, hech boʻlmaganda 5 tadan 10 tagacha yangi soʻz yod olishga va undan soʻz tuzishga harakat qiling.

* * *

Hayotdan orqada qolib ketmaslik uchun kunlik yangiliklarni kuzatib boring. Zamon bilan hamnafas boʻling. Sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarga befarq boʻlmang.

* * *

Faqat pul topishni maqsad qilmang. Ishingizga pul toʻlanadigan boʻlsa, uni takomillashtirishni oʻylab ish qiling. Shu ishda tajriba, koʻnikma va bilimni oshirsangiz pulning oʻzi keladi Sizga.

* * *

Birovlarni aldamang, umuman qasam ichmang. Avval eshiting, soʻng gapiring. Tizimga tushib oling. Oz-oz boʻlsa ham qilayotgan xayrli ishingiz bardavom boʻlsin.

* * *

Koʻp marta takrorlanadigan qoida bor: topilgan foyda borasida 70/30 taktikasini qoʻllang. Bu degani topgan pulingizni 70 % ini kelajak uchun saqlan, 30 % ini oʻz ehtiyojingiz uchun ishlating. Agar ehtiyojingizga bu taqsimot qanoatlantirmasa, imkoniyatdan kelib chiqing. Ammo har safar topgan pulingizning bir qismi jamgʻarilib borishi lozim.

* * *

Hamma masalada niyatingizni xolis qiling. Doimo yaxshi narsalar haqida oʻylang. Bir kunda bir kishing koʻnglini olisha va bir kishini kechirishga odat qiling.

* * *

Yaqinlaringiz va doʻstlaringizni unutmang. Pulni topishingiz mumkin, ammo ota-onangizni, opa-singillarni, aka-ukalarni topishning imkoni yoʻq. Ularni qadirlang.

* * *

Muvaffaqiyatga erishish niyatingiz boʻlsa albatta ushbu oʻgitlarga amal qiling. Bilimingizni muttasil oshirib boring. Men hali yoshman, ulguraman demang. Men keksaydim, endi boʻldi ham demang. Harakat hayotimiz mazmuni boʻlsin.

* * *

Mamayunus Pardayev hikmatlaridan


Kiritilgan vaqti: 20/02/2023 18:16;   Ko‘rilganligi: 300
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/muvaffaqiyatga-erishish-niyatingiz-bolsa
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 09:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing