1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"
Yosh avlodning sog‘lom, baxtli bo‘lishi, ma'naviy va axloqiy jihatdan rivojlanishi, shuningdek jamiyat uchun foydali inson bo‘lib voyaga yetishida barchamiz mas'ulmiz.
Bugun jamiyatimiz oldida turgan asosiy vazifa – farzandlarimizni aqlli, odobli, bilimli qilib tarbiyalashdan iboratdir. Ular ishonchli himoya ostida bo‘lishlari va o‘z hayotini muakkammal darajada yo‘lga qo‘yishlari uchun biz barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. Yurtimizda iqtidorli bolalar juda ko‘p. Shu munosabat bilan viloyatimizda faoloiyat yuritayotgan tuman bosh imom xatiblari Payariq tumanidagi navbatdagi sayyor yig‘ilishdan oldin tumandagi kam ta'minlangan va nogironligi bor oilalardagi bolalarning holidan xabar olindi. Aziz bolajonlarimizga bayram muborak bo‘lsin.
Joriy 2021–2022 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari quyidagi fanlar bo‘yicha o‘tkazish reja qilinmoqda:
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:
– Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;
– Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 X 2,1 – 63 ball;
– O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.
Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari Samarqandga tashrif buyurishdi.
Shu yil 19 may kuni Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi maslahatchisi, Milliy birdamlik partiyasining Shimoliy hududlar bo‘yicha rahbari Muhammad Muhsin Donesh boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, va boshqa mutasaddilar kutib oldi.
Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari bugun, 19 may kuni viloyatimizdagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishlari reja qilingan.
Oqdaryo tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18 may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Oqdaryo tumanidagi mavjud 12 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Oqdaryo tuman “Mahdumi A'zam” masjidida bo‘lib o‘tdi.
NUROBODDA XAYRIYA TADBIRLARI TASHKIL QILINDI
Yurtimizdagi boshqa viloyatlar qatori Samarqand viloyatida ham saxovat tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bugun, 11 may kuni Nurobod tumanida ham ana shunday xayriya tadbirlaridan biri tashkil qilindi.
ALLOHNING BAYTLARIDAN YANA BIRI OBOD ETILDI!
Allohga hamdlar bo‘lsinki, bugungi kunda yurtimizda mo‘min-musulmonlar talabidan kelib chiqib, ko‘plab masjidlar barpo etilmoqda va eski binolar o‘rniga zamonaviy, shaharsozlik talablari asosida yangi binolari qad ko‘tarmoqda.
Samarqandda Xatmi Qur'onni yakunlagan qorilar bilan tadbir o‘tkazildi
Ramazon fayzu futuhga boy oydir. Uning fazilatlaridan biri - bu uning Qur'on oyi ekanligi. Unda shu ummatning ikki dunyosini go‘zal qilishga xizmat qiluvchi ta'lim bor. Qur'on misoli nurdir. Qur'onni o‘qish, tinglash, yaxshi ko‘rish bularning hammasi ibodat hisoblanib ortidan bitmas-tuganmas savoblar keltiradi.
Urush faxriylari holidan xabar olinmoqda
Mana bu yil ham ikkinchi jahon urushining tugaganligiga 76 yil to‘lmoqda. Vaqt-oqar daryo!
Bu qonli janglarda 500 mingdan ziyod yuortdoshlarimiz ishtirok etganlar. Ularning aksariyati jang maydonlarida halok bo‘lishgan, tirik qolganlari esa har xil turdagi jarohatlaru nuqsonlar ila yurtimizga qaytib kelishgan. Shuningdek, front ortida ham ota-onalarini, farzandlarini va turmush o‘rtoqlarini urushga jo‘natgan aziz vatandoshlarimiz jonlarini berib g‘alaba uchun o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Mahalla mullalari masjid bilan hamkorlikda ish olib boradi
Mahalla va guzarlarda aholining diniy ehtiyojlarini qondirish, marosim va diniy rasm-rusmlarni belgilangan mezon asosida o‘tkazishda masjid imomlariga mahalla mullalari yaqindan yordam berib kelmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi tashabbusi bilan mahalla va masjid o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ramazon quvonchi ulashildi
“Savob ishni har kim, har kuni va har yerda qilishi kerak” deganlaridek, bugun, 4 may kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov o‘rinbosari Yoqubjon domla Mansurov va Samarqand shahar bosh imom-xatibi Zafar domla Mahmudovlar bilan birgalikda bir qancha xayriya tadbirlarini tashkil etib, mushtoq qalblarga xushnudlik olib keldi. Xususan, rahbarlarimiz avvalo Samarqand shahrida joylashgan 1-son “Mehribonlik uyi”ga tashrif buyurdi va 125 nafar tarbiyalanuvchilarga oyoq- kiyim mahsulotlarini ehson qildi.
Muftiy hazratlariga “Faxriy doktor” ilmiy darajasi berildi
E'TIROF
Islom dini ma'rifatini keng yoyish va ilmiy faoliyatlarni e'tirof etgan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi “Faxriy doktori” ilmiy darajasi berildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi a'zolari muftiy hazratlarini samimiy muborakbod etadi.
Imom-xatiblar tashabbusi bilan 16 ming ehtiyojmand oilaga 4 milliard so‘mlik xayriya qilindi
Ramazon – toat-ibodat oyi bo‘lishi bilan birga saxovat oyi hamdir. Bu paytda mo‘min-musulmon xalqimiz xayriya ishlariga yanada ko‘proq e'tibor beradi. Imom domlalar ham bu oyda saxovatpesha insonlarni ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatishga targ‘ib qiladi, xojatbarorlarga beriladigan ajru mukofotlar xushxabarini ulashadilar.
Mehr operatsiyasi bilan oib kelingan oilalar holidan xabar olindi
Bugun, 29 aprel kuni Samarqand shahar “Domla Kamoliddin” jome masjidi imom-xatibi I.Absalamov “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali homiyligida Samarqand viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova va Samarqand shahar otinoyisi M.Qarshiyevalar bilan birgalikda Mehr-2 operatsiyasi orqali O‘zbekistonga olib kelingan, Kattaqo‘rg‘on tumani “Tarnov” MFYda yashovchi oila holidan xabar oldi hamda ularga oziq-ovqat mahsulotlarini ehson qildi.
Muftiy hazratlari va bir guruh ulamolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar
Bashariyat tarixidan ma'lumki, inson o‘zining halol mehnati bilan obro‘-e'tiborga, ulug‘lik martabasiga erishadi. Xalqimizning “Mehnat insonni ulug‘laydi” iborasiga hamohang bu hikmatli so‘zlarning amaliy tasdig‘i Yangi O‘zbekistonda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimiz ravnaqi, elimiz farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan ko‘plab yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak unvon, medal hamda ordenlari bilan mukofotlangani ham shundan dalolat beradi.
Samarqand viloyat vakilligida qorilar bilan tadbir o‘tkazildi
Ramazon fayzu futuhga boy oydir. Uning fazilatlaridan biri - bu uning Qur'on oyi ekanligi. Chunki, Islomning bosh manbai, insoniyatning qiyomatgacha hayot dasturi Qur'oni karim shu oyda nozil bo‘lgandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu oyda Qur'onni Jabroil alayhissalom nazoratlaridan to‘liq o‘tkazib olar edilar. Salafi solihlarimiz ham bu muborak oyda Qur'oni karim uchun alohida e'tibor va vaqt ajratganlar. Faqih olimlar ham bu oyda ilm bilan shug‘ullanishni butunlay yig‘ishtirib yoki kamaytirib, Qur'on mutolaasiga iqbol etganlar. Buning sababi, Qur'on misoli yo‘q tengsiz ilohiy kitobdir.




















