Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida qabul qilingan xalqaro hujjatlarning ahamiyati
Tinchlik buyuk ne'mat, inson hayotining birlamchi sharti hisoblanadi. Chunki, osuda hayot, yaratuvchanlik va farovonlik, umuman, barcha ezgu maqsadlarning ro‘yobi, eng avvalo, shu ne'matga bog‘liq. Shuning uchun ham qadimdan barcha xalqlar tinchlikni asrash uchun moli-yu joni bilan kurashib kelganlar. Ammo voqelik tinchlikni ko‘plab mamlakatlar uchun hali hanuz orzu bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Hozirda mamlakatlar tinchligiga raxna soluvchi omillar turlicha, davlatlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlar, fuqarolik urushlari, milliy va etnik nizolar, tabiiy ofatlar… Lekin bu omillarning ichida bugungi kunda eng xatarli va har qanday davlat tinchligi, osoyishtaligi uchun jiddiy xavf solishga qodir bo‘lgani ekstremizm va terrorizm ekanini har bir sog‘lom fikrli inson tan olmoqda.
Samarqand shahri "Panjob" jome masjidi tomonidan tashkil etilgan Xayriya_tadbirlari
Samarqand shahri "Panjob" jome masjidi imom-xatibi B.Rizayev tomonidan homiylarni jalb qilgan holda masjid atrofida yashovchi 35 nafar kam ta'minlangan, bemor hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarga 500 ming so‘mlik oziq ovqat mahsulotlari ehson qilindi.
Shuningdek, 500 nafar fuqoralarga 1.5 kgdan jami 750 kg go‘sht maxsulotlari ham ehson qilindi.
Alloh taolo imomlarimizning qilayotgan xayrli amallariga ko‘makchi bo‘lsin, ehtiyojmand insonlarga qilinayotgan xayrli ishlarning fayzini bundanda ziyoda aylasin!
Xayriya tadbirlari davom etmoqda...
Samarqand shahri "Yangiobod" jome masjidi tomonidan tashkil etilgan Xayriya_tadbirlari
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov, Samarqand shahar bosh imom-xatibi Z.Mahmudov va Samarqand shahri "Yangiobod" jome masjidi imom-xatibi T.Ravshanovlar "Yangiobod" jome masjidi atrofida yashovchi 6 nafar kam ta'minlangan, bemor hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarni ziyorat qildilar va ularga iftorlik va saharlik uchun zarur oziq ovqat mahsulotlari ehson qildilar.
Alloh taolo imomlarimizning qilayotgan xayrli amallariga ko‘makchi bo‘lsin, ehtiyojmand insonlarga qilinayotgan xayrli ishlarning fayzini bundanda ziyoda aylasin!
Pastdarg‘om tumanida faoliyat yuritayotgan otinoyilar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 20 aprel kuni O‘MI viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova Pastdarg‘om tumanida faoliyat yuritayotgan otinoyilar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirda bugungi kunda otinoyilar oldida turgan dolzarb vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Otinoyilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berdi.
Xayriya tadbirlari davom etmoqda
Butun olamda kezib yurgan Muborak Ramazon tinchlik, fayzu-baraka va saxovat oyi munosabati bilan joylarda VAQF xayriya jamoat fondining Samarqand filiali tomonidan ham turli xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.
Muftiy hazratlari olis Orlot qishlog‘idagi taroveh namozida qatnashdilar
Allohga shukrki, mohi Ramazon o‘lkamizda o‘zgacha fayz va tarovat bilan o‘tmoqda. Qutlug‘ oyning fazli va barakasidan barcha birdek bahramand bo‘lishga oshiqmoqda. Buni odamlarning xayrli ishlarga harisligi, ibodatga oshuftaligi va farzu sunnat amallarini bajarishga e'tibori oshganidan yaqqol sezish mumkin.
Bu yilgi Ramazon oyining ilk kunlarida Samarqand viloyatiga Davlatimiz Rahbarining tashrifi va muborak oy bilan tabrik qilishlari xalqimizni cheksiz quvontirdi.
Viloyat bosh imom-xatibi “Boybul” jome masjidini qurilish ishlari bilan tanishdi
Joriy yilning 5 aprel kuni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Urgut tumanida “Urgut” markaziy jome masjidi va qurulishi oxiriga yetgan “Boybul” jome masjidini qurilish ishlari bilan tanishdi.
"Sarhisob" tanlovi g‘oliblariga mukofotlar muborak bo‘lsin!
Bir necha yillardan buyon ajdodlarimiz merosini o‘rganish, milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash, dinlararo bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini ommalashtirish, xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, ushbu yo‘nalishda faol mehnat qilayotgan ijodkorlarni munosib rag‘batlantirish va taqdirlash maqsadida "Sarhisob" tanlovi o‘tkazilib kelinadi.
Ramazon oyi va taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi
Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada o‘tkazish va Taroveh namozlarida mo‘min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida masjidlarda tayyorgarlik ishlari boshlandi.
Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
MUNOSABAT: HAMJIHATLIKDA HIKMAT KO‘P
Kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining “O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan yoshlarga murojaatini tomosha qildik.
Nurobod tumanida “Jom ota” jome masjidi foydalanishga topshirildi
Tumanning Jom mahallasida bunyod etilgan “Jom ota” jome masjidining foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Jome masjidining umumiy yer maydoni 0,25 gektarni tashkil etib, masjid mingga yaqin namozxonni sig‘dira oladi. Masjidning o‘rtasida 32 metr balandlikda gumbaz qilingan.
Masjid hududida zamonaviy tahoratxona, imom-xatib va boshqa xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega ma'muriy bino ham mavjud.
Tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, tuman hokimi Faxriddin Zoirov ishtirok etdi.
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Paxtachi tumanidagi "Xo‘ja Ziyovuddin" jome masjidining qurilish ishlari bilan tanishdilar
Viloyat bosh imom-xatibi Paxtachi tumanidagi yangidan barpo etilayotgan "Xo‘ja Ziyovuddin" jome masjidida bo‘ldilar.
Olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgan Zayniddin domla Eshonqulov o‘zining maslahat va ko‘rsatmalarini berib, ushbu masjidning qurilishiga hissa qo‘shayotganlarning haqlariga duo qildilar.
“Tavaron” jome masjidida Juma ibodati ado etildi
Bugun, 26 mart kuni viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yooqubjon domla Mansurov viloyatimizning olis Kattaqo‘rg‘on tumanidagi chekka hududda joylashgan, joriy yilda binosi to‘liq ta'mirdan chiqarilgan “Tavoron” jome masjidiga tashrif buyurdi. Mazkur masjidda jamoatga Juma namozini o‘qib berdilar.
Bosh imom-xatiblarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
25 mart kuni vakillik binosida Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida joylardagi barcha tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Otinoyilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
Joriy yilning 25 mart kuni O‘MI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov otinoyilar uchun tashkil etilgan o‘quv-seminar darsini boshlab, “Oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, Xotin-qizlar o‘rtasida turli yot g‘oyalar tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashishda otinoyilarning o‘rni” mavzusida suhbatlashdi.




















