O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Xayriya tadbirlari davom etmoqda

 
 

Butun olamda kezib yurgan Muborak Ramazon tinchlik, fayzu-baraka va saxovat oyi munosabati bilan joylarda VAQF xayriya jamoat fondining Samarqand filiali tomonidan ham turli xayriya tadbirlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, fondining Samarqand filiali Turkiya davlatining Hasene kumanya kampanyasi bilan hamkorlikda viloyatimizdagi bir qancha fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilib, ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi. Xonadonlarda bo‘lib, ehsonlarni topshirgan VAQF xayriya jamoat fondining Samarqand filiali rahbari A.Sultonov va Samarqand shahar “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi Samariddin domla Mirzayevlar ramazon oyi bilan muborakbod etib, ehson qilganlarning haqlariga duoi xayrlar qilishdi.

Saxiylik eng ulug‘ fazilatlardandir. Ayniqsa ramazon oyida uning ziyoda bo‘lishi Payg‘ambarimiz alayhissalomning sunnatlaridan ekan.

  Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilingan: “Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) odamlarning eng saxovatlisi edilar. U zotning saxovatlari Ramazon oyida – har kecha Jabroil (alayhissalom) Qur'onni ta'lim berish uchun huzurlariga tushadigan paytlarda – ayniqsa, ziyoda bo‘lardi. Darhaqiqat, Allohning rasuli (sollallohu alayhi vasallam) odamlarga muruvvat ko‘rsatishda shiddat bilan esayotgan shamoldan-da tez edilar” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

  Hotamtoydan shunchalar saxovatlisan, uni kimdan o‘rganding” –deb so‘rashganda: “G‘ishtdan”, – deb javob bergan ekan. Sababini so‘rashganda: “Yoshlik chog‘imda hasharga borganimda, bir qatorga terilib g‘ishtni qo‘lma-qo‘l uzatib ustaga yetkazib berardik. Usta to‘xtasa, biz ham qo‘limizdagi g‘isht bilan to‘xtab qolardik. Shunda angladimki, qo‘lingdagini bersang, olasan”.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 18/04/2021 16:52;   Ko‘rilganligi: 561
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/xayriya-tadbirlari-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 24/04/2024 11:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing