O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari Samarqandga tashrif buyurishdi.

 
 

Shu yil 19 may kuni Afg‘oniston Oliy milliy yarashuv kengashi raisi maslahatchisi, Milliy birdamlik partiyasining Shimoliy hududlar bo‘yicha rahbari Muhammad Muhsin Donesh boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, va boshqa mutasaddilar kutib oldi.
Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari bugun, 19 may kuni viloyatimizdagi diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishlari reja qilingan.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/05/2021 15:23;   Ko‘rilganligi: 986
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/afgoniston-delegatsiyasi-vakillari-samarqandga-tashrif-buyurishdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:44
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing