O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Asakadagi jome masjidda ulamolar mav'iza qildilar

 
 

Bugun, 8 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va Toshkent islom instituti katta ustozi Muhammad Ayubxon domla Homidov Andijon viloyatiga safardari mobaynida Asaka tumanidagi “Fayziobod” jome masjidiga mo‘min-musulmonlar bilan birga shom namozini ado etish va samimiy suhbat qilish uchun tashrif buyurdilar.

Masjidga yig‘ilgan namozxonlarga Homidjon domla Ishmatbekov Alloh taboraka va taoloning o‘lkamizga bergan ne'matlari, ularga shukrona keltirish, bugungi kunda bo‘layotgan o‘zgarishlar, mo‘min-musulmonlarga berilayotgan keng imkoniyatlar hamda yoshlar tarbiyasiga alohida diqqat qaratish haqida mav'iza qilib berdilar.

Ulamolar so‘zlari yakunida Haq taolo yurtimizga tinchlik-ofiyat, fayzu baraka va tan-sihatlik so‘rab duolar qildilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 09/06/2021 10:31;   Ko‘rilganligi: 525
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/asakadagi-jome-masjidda-ulamolar-maviza-qildilar
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 21:21
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing