O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Payariq tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Joriy yilning 1 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Payariq tumanidagi mavjud 12 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Payariq tuman “Islom Nuri” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Payariq tumanidagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishda viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.

Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va o‘rinbosari X.Sattarovlar tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Nurobod tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 01/06/2021 18:49;   Ko‘rilganligi: 878
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/payariq-tumanida-sayyor-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing