Долзарб мавзу

ISLOM – TINCHLIK VA OSOYISHTALIK DINI

Bugun biz shunday davrda yashayapmizki “falon kishi koinotda yashash uchun joy buyurtma qilibdi, falon kompaniya u nomdagi eng yuqori texnologiyalarga ega mahsulotini taqdimot qilibdi, bunisi quyosh nuri bilan harakatlanadigan uchar mashina ishlab chiqibdi”, desa hech kim ajablanmay qo‘ydi.

 

SHIORIMIZ JAHOLATGA QARSHI – MA'RIFAT

Imoni butun, ruhi pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg‘oq odamni aslo yengib bo‘lmaydi. Ana shunday fazilatlarga ega butun bir xalqning qudratini tasavvur etish qiyinmas. Bugun bizni turli axborot vositalari, xususan, internet saytlarining xavfi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari ko‘proq tashvishga solmoqda.

 

FITNAGA ARALASHGAN KISHI, HALOKATGA UCHRAYDI!

Tarixdan ma'lumki, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi jamiyatning osoyishta hayot kechirishiga bog‘liq bo‘lgan. Tinchlik – barcha millat va elatlar qatorida o‘zbek xalqining ham asrab-avaylaydigan eng oliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Qur'oni karimdagi 50 dan ziyod suradagi yuzlab oyatlarda insonlarni mo‘min-qobillik, tinchlikparvarlik va bag‘rikenglikka chaqirilgan.

 

ASLIYATNI ATAYIN BUZISH XIYONATDIR!

Bugungi kunda ekstremistik kayfiyatdagi mutaassib shaxslar tomonidan “jihod” va “hijrat” kabi tushunchalarni atayin asliyatidan buzib talqin etish holatlari kuzatilmoqda. Bunday qarashlarga hali Islomni yaxshi tushunmaydigan kishilar, ayniqsa, yoshlar ko‘p chalg‘imoqda, oqibatda ularning shirin hayoti butkul izdan chiqmoqda.

 

TERRORIZM HAQIDA BILASIZMI?

Ma'lumki, terrorizm va ekstremizm balolari nafaqat bugungi kunda, balki u mavjud bo‘lgan barcha zamon va makonlarda insoniyat va jamiyat uchun tom ma'nodagi fojia bo‘lib kelgan. Bugungi notinchliklar hukm surayotgan mintaqalarning deyarli barchasidagi barqaror vaziyatni izdan chiqaruvchi omillari ham mazkur ikki narsadir.

 

MISSIONERLARNING MAQSADLARI

Missioner so‘zi lotin tilidagi “missio “ so‘zidan olingan bo‘lib, “yuborish”,  “vazifa topshirish”, missionerlar esa “vazifani bajaruvchi” degan ma'nolarni anglatadi. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan  “ world Book” (jahon kitobi) ensiklopediyasida “Missionerlar biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”, -degan fikr qayd etilgan. Demak, missionerlik - bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi. Missionerlik bilan bir qatorda prozeletizm ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.

 

ISROF-ENG OG‘IR GUNOHLARNING BIRIDIR

Alloh taolo insonlarni turli millat va elat shaklida yaratdi. Ularni Yer yuzini makon tutib, undagi ne'matlardan istifoda qilgan holda hayot kechirishga buyurdi. Yana bandalariga behisob ne'matlarni ato etib qo‘ydiki bularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi.

Alloh taolo Qur'oni Karimda: “...Agar Allohning ne'matlarini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmaysiz. haqiqatan, inson (o‘ziga) o‘ta zolim va (Robbiga) juda noshukurdir” (Ibrohim-34).

 

BUZG‘UNCHI OQIMLARNING BELGILARI

 Buzg‘unchilik xarakteridagi ko‘plab oqimlar (sekta) hech bir davlatga ham millatga ham hech qachon foyda yetkazmagan. Aksincha, hamma vaqt moddiy, ruhiy yoki jismoniy zarar yetkazib kelgan. Diniy oqim a'zolarini sekta deb atashlari ularning o‘zlariga ham sira yoqmaydi. Chunki “sektantlik” deganda islom, nasroniy, yahudiy kabi ilohiy dinlarga itoat qila turib, o‘sha dinlardagi to‘g‘ri yo‘ldagilardan ajralib chiqqan oqimlar tushunilishini hamma bilishini ularning o‘zlari ham biladi.  

 

KO‘RINMAS DUSHMAN XAQIDA

 BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

Kuch va Qudrat egasi bo‘lgan Alloh taologa hamdu-sanolar hamda olamlarga rahmat o‘laroq yuborilgan, to‘g‘ri so‘z va ishonchli bo‘lgan Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga, u zotning ahli oilasi, sahobalari va tobi'inlariga ko‘plab solatu salomlarimiz bo‘lsin.

 

EKSTREMIZM VA TERRORIZM- JAMIYAT DUSHMANIDIR

 Butun olamlar Robbisi Alloh taolo haq bo‘lgan dini-islom dinini O‘zining haq, butun olamlarga rahmat  payg‘ambari Muhammad sollollohu alayhi vasallamga yubordi. Bu din butun dunyoga tez fursatlar ichida tarqala boshladi, insonlar sekin-sekin, ammo to‘p-to‘p, jamoa holida bu dinga kira boshladilar. Alloh taolo O‘zining muqaddas kitobi Qur'oni karimda bu haqda shunday deydi:

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing