Xabarlar

Viloyat vakilligida imom-xatiblar ishitrokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun, 18 fevral kuni Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar, tuman bosh imom-xatiblari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjidlarining imom-xatiblari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari D.Mamadqulov ham ishtirok etdi. D.Mamadqulov so‘zga chiqib, viloyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqarorligini ta'minlash, diniy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini oshirish hamda aholi orasida diniy ekstremizm va terrorizm holatlarini oldini olish, viloyatda muntazam ravishda mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, oilalarni mustahkamlash, maxsus hisobdan chiqarilgan va afv etilgan shaxslar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, har birining oilasi va farzandlarining tarbiyasi, ularning ta'lim olishi, to‘garaklarga jalb etilishi yuzasidan o‘zining takliflarini bildirdi.

 

Samarqandlik ziyoratchilar Umra safariga jo‘nab ketdi

Bugun, 18 fevral kuni Samarqand viloyatidan 242 nafar ziyoratchilar Umra safariga yo‘l oldilar. Keyingi vaqtlarda Umra safariga borish niyatida bo‘lgan fuqarolarimiz uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratilmoqda. Albatta bundan xalqimiz xursand. Ushbu mamnuniyatni ziyoratga otlangan yurtdoshlarimizning yuzlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Ularni viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi hamda imomlar, mas'ul tashkilotlarning vakillari, ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qo‘ydilar. Ularning haqlariga duolar qilinib, safar davomida ibodat va duolari ijobat bo‘lishini hamda yurtimiz va xalqimiz haqlariga duo qilishlari so‘raldi.  

 

Urgut tumanidagi “Bog‘ishamol” masjidida qurilish ishlari jadal olib borilmoqda

Yaratganga  shukrlar bo‘lsinki, yurtimizdagi masjidlar kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Ko‘plab masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilayotgan bo‘lsa, bir qanchasi tubdan yangidan qurilmoqda. Samarqand viloyati Urgut tumanida bugungi kunda 9 ta masjidda qayta qurish, ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 2018 yilda tumandagi “Bog‘ishamol” masjidida yangi bino qurilishi boshlangan edi. Bugunga kelib masjid binosi qad rostlagan, tom qismi yopilgan bo‘lib, gumbaz, eshik-romlar o‘rnatilgan. Mahalliy, qo‘li gul ustolar tomonidan pardozlash, jihozlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Masjid imom-xatibi Samiyev Abdukarimning ta'kidlashicha masjid 2021 yil mustaqillik bayrami arafasida namozxonlarga tuhfa qilinishi rejalashtirilgan. Unda 4500 nafar namozxon o‘z ibodatlarini ado etish imkoniga ega bo‘ladi. Albatta masjidlarni obod etish hamda ularni ta'mirlash ulug‘ savobli amallardir. Masjidga ibodat qilish uchun kelgan xalqimiz ona-Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligini so‘rab, duo qilishadi.

 

Umra ziyoratingiz qabul bo‘lsin!

Samarqand viloyatidan Umra ziyoratiga borgan 196 nafar ziyoratchilarimiz Madinai munavvara shahridagi tabarruk maskanlarni ziyorat etib, bugungi kunda Makka shahrida bo‘lib turibdilar. Umra ziyoratlarini ado etayotgan yurtdoshlarimizning kayfiyatlari a'lo darajada. Ularga rahbarlik qilayotgan guruh rahbarlari ziyoratchilarimizning ibodatlarini mukammal ado etishlari, mehmonxona va ttransport xizmatlari, taomlanishlarida qiyinchiliklarga uchramasliklari uchun sa'y-harkat qilmoqdalar.

 

SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilarining bilim va saviyasini yanada oshirish, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlardan xabardor etish hamda ish jarayoniga ma'suliyat bilan yondashish maqsadida 2019 yil 16 sentyabrdan boshlab 2 hafta (72 soatlik) malaka oshirish o‘quvlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

O‘zbekistonda uchta bank islomiy moliyalashni joriy qilishga o‘tyapti

2020 yilda O‘zbekistonda 3ta bankda islomiy moliyalash joriy etilishi mumkin. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Botir Zohidov ma'lum qildi.
Bugun, 4 fevral kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasida qonun loyihalari yuzasidan navbatdagi yalpi majlis bo‘lib o‘tdi. «Mikromoliyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi majlis kun tartibidagi birinchi masala bo‘ldi.

 

Viloyat bosh imom-xatibining o‘rnibosari “Darg‘om” masjidida juma namozida ishtirok etdi

Viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari X.Sattarov va Samarqand shahar bosh imom-xatibi N.Islamovlar bugun Samarqand shahridagi “Darg‘om” jome masjidida juma namozini ado etdilar. Tashrif jarayonida masjidda mo‘min-musulmonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imom-xatiblar va masjid xodimlarining faoliyati bilan tanishuv bo‘ldi. Shuningdek, viloyat bosh imom-xatibining o‘rinbosari masjid jamoa ahli bilan ham uchrashib, hozirda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, muqaddas dinimiz, mo‘min-musulmonlar ibodatlarini to‘la-to‘kis ado etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar – doimo shukronalik bilan hayot kechirish mo‘minning imoni komil ekanining dalolati ekani haqida gapirdi.

Juma namozini ado etish uchun kelgan namozxonlar Xayrullo domlaning “Kechirimlilik – mo‘minga xos” mavzusidagi ma'ruzasidan bahra oldilar.

Juma namozi ado etilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.

 

Imom Moturidiy majmuasida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

Xabaringiz bor shu yilning 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va Moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjuman o‘tkaziladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga SHARH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

 

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimi tashkil etildi.

Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

 

Yangi masjidlar ko‘paymoqda

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar diniy sohani ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Bular haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ana shunday yangiliklardan biri bu “Domla Kamoliddin” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlaridir. Masjid 1996 yil qurilib, foydalanishga topshirilgan. U ikki yuz kishiga mo‘ljallangan edi. Hozir jamoat va homiylar ko‘magi bilan qo‘shimcha yangi masjid binosi qurilmoqda. Bino foydalanishga topshirilgandan so‘ng ming kishi o‘z ibodatlarini shinam masjidda ado etish imkoniga ega bo‘ladi.

Ishlarning borish jarayoni, namozxonlar bilan suhbatlashish maqsadida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi bugun “Domla Kamoliddin” jome masjidida bo‘ldi.

 

“Domla Kamoliddin Oxun” masjidida o‘zgarishlar kutilmoqda

Viloyat vakilligi o‘z oldiga markazdan uzoq, chekka hududlarda joylashgan majidlar bilan tanishish, namozxonlar bilan uchrashish kabi vazifalarni qo‘ygan. Shunga asosan viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov Qo‘shrabot tumanidagi “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidida bo‘ldi.

 

Muborak maskanlar ziyorati

Samarqand viloyatidan 244 nafar Umra ziyoratini ado etayotgan yurtdoshlarimiz bugun Makkai mukarrama shahridagi Arafot, Mino, Muzdalifa, Jamarot vodiylari hamda Savr, Nur tog‘larini, Hiro g‘orini ziyorat qilishmoqda. Makkai mukarrama va Madinai munavvara tuproqlarining har qarichiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlarning qadamlari tekkan. Bu shaharlarning ko‘p o‘rinlarida ilohiy vahiy nozil bo‘lgan. Shu sababli, ziyëratchilar bu joylarni ziyërat qilib, iloji boricha ko‘proq duo va zikrlar qilishga harkat qilmoqda.

Alloh taolo ziyoratchilarmizning ajru mukofotlarini ziyoda qilsin!

 

Mayk Pompeo Toshkent shahar bosh imom-xatibi bilan uchrashdi​

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 2 fevral kuni Toshkent shahri bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashdi. Bu haqda Pompeo Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.

«O‘zbekistonda diniy rahbarlar bilan islohotlar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar diniy erkinlikka qanday hissa qo‘shishi mumkinligi haqida suhbatlashdik. Hukumat tomonidan ushbu sohada erishilgan yutuqlar menda katta taassurot qoldirdi va O‘zbekistonning keyingi muvaffaqiyatlarini sabrsizlik bilan kutaman», — deb yozdi Pompeo.

AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, AQSH Davlat kotibi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo—AQSH» («C5+1») shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Manba: hidoyat.uz

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing