O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimi tashkil etildi.

 
 

Mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, jahonda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma'naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta'siriga berilish, jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish holatlari hamon uchramoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ta'sirchanligini oshirish, ma'naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida.

Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosarlari D.Mamadkulov, G.Alimova va Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattorovlar birgalikda mutasaddi tashkilotlar bilan  viloyatda ijtimoiy-ma'iavii muhitni yanada sog‘lomlashtirish, mavjud vaziyatni barkarorlashtirish hamda dinlararo bag‘rikeiglikni mustahkamlashga qaratilgai chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib olindi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 06/02/2020 17:25;   Ko‘rilganligi: 1151
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/manaviy-marifiy-ishlarni-tizimi-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 14:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing