O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Mayk Pompeo Toshkent shahar bosh imom-xatibi bilan uchrashdi​

 
 

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo 2 fevral kuni Toshkent shahri bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashdi. Bu haqda Pompeo Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.

«O‘zbekistonda diniy rahbarlar bilan islohotlar va qonunchilikdagi o‘zgarishlar diniy erkinlikka qanday hissa qo‘shishi mumkinligi haqida suhbatlashdik. Hukumat tomonidan ushbu sohada erishilgan yutuqlar menda katta taassurot qoldirdi va O‘zbekistonning keyingi muvaffaqiyatlarini sabrsizlik bilan kutaman», — deb yozdi Pompeo.

AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, AQSH Davlat kotibi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo—AQSH» («C5+1») shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Manba: hidoyat.uz


Kiritilgan vaqti: 03/02/2020 16:51;   Ko‘rilganligi: 843
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/mayk-pompeo-toshkent-shahar-bosh-imom-xatibi-bilan-uchrashdi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 21:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing