Xabarlar

Bosh imom-xatiblarning sayyor yig‘ilishi Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi o‘z ish rejasiga asosan har oyda ikki marta shahar va tuman bosh imomlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib unda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tadi. Xabaringiz bor, 2020 yil boshidan buyon ushbu yig‘ilishlar sayyor tarzida o‘tmoqda.

 

Suv ulashish – sadaqaning afzali

Sa'd ibn Uboda roziyallohu anhuning onalari vafot qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: "Onam vafot qildi, uning nomidan sadaqa qilsam bo‘ladimi?" deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ha", dedilar. U: "Sadaqaning qaysi biri afzal?" degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Suv ulashish”, deb aytdilar (Imom Ahmad va Nasaiy rivoyati).

 

Mehrimizdan bahramand bo‘ling!

Kattaqo‘rg‘on tuman “Qalandarxona” jome masjidi jamoasi ajib bir saxovat ishiga qo‘l urdilar. Gap shundaki, jamoa tuman markaziy bozorida o‘ziga xos savdo rastasi tashkil etdilar. Uni “Mehr-muruvvat rastasi” deya nomlab, xolis, Allohning roziligi uchun, riyodan xoli tarzda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘latib qo‘ydilar. "Ehtiyojmand, yo‘qsil kimsalar bu rastadagi oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyojlariga yarasha olishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun hech kimga hech qanday to‘lov qilishlari shart emas. Shu bilan birga ushbu rastlarga  saxovatli kishilar mahsulot qo‘yishlari mumkin", dedi tuman bosh imom-xatibi X.Shomurodov.

Demak, bor beradi, muhtojlar oladi. Ehsonning bu ko‘rinishi riyo yoki minnatdan xoli bo‘ladi, inshaalloh. Dunyo va uning matohlariga berilgan, oxiratni unutib, o‘z nafsi, jig‘ildonini harom luqma bilan to‘ldirayotgan, xayru saxovatni unutgan ayrim shaxslarga bu ishlar o‘rnak bo‘lsa ajabmas. Ushbu saxovat ishiga hissa qo‘shayotgan barcha muruvvatli insonlarning ajrini Alloh taolo ziyoda qilsin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati

 

TASHAKKURNOMA

Joriy yilning 3-4 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va Moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

 

Urgut tuman hokimligi tashabbusi bilan masjidda hashar bo‘lib o‘tmoqda

Urgut tuman xokimligi va tuman imom-xatibligi, tashabbuskor tadbirkorlar bilan birgalikda tuman markazida yangi qurilayotgan "Chubin" jome masjidiga manzarali va mevali ko‘chatlar ehson qilinib, obodonlashtirish ishlarini boshladilar.

 

“Muallimi soniy” kitobining video qo‘llanmasi hamda AlQuranuz nomli mobil ilovasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Muallimi soniy” kitobining video qo‘llanmasi hamda AlQuranuz nomli mobil ilovasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

 

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

Masjid Allohga eng mahbub makondir

Alloh taolo muborak kalomida marhamat qilib: “Albatta, (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (masjidlarda) Alloh bilan qo‘shib yana biror kimsaga duo (ibodat) qilmangiz!” degan (Jin surasi, 18-oyat). Masjidlarni obod qilish toat-ibodatlar bilan hamda o‘sha masjidlarni yaxshilab qurib, ta'mir etib, pok saqlab, muhofaza qilish bilan bo‘ladi. Bugungi kunda Samarqand viloyatida 285 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Masjidlarning aksariyatida qayta qurish ta'mirlash ishlari amalga oshirildi va hozir ham ko‘plab masjidlarda namozxonlar uchun yaxshi sharoitlar yaratish, ziyorat turizmi yo‘nalishi bo‘yicha qulayliklar hozirlash bo‘yicha bir qancha ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Samarqand-Toshkent M39 avtomagistralida joylashgan Bulung‘ur tuman “Amir Hamza” jome masjidida so‘ngi vaqtlarda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshirildi. Samarqand viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ushbu masjidga tashrif buyurdilar. Masjidning holati, ish faoliyati bilan tanishgan muftiy hazratlari masjid imom-xatibi va xodimlariga namozxon va yo‘lovchi hamda sayyohlarga masjidda ibodat va tahorat qilishlari uchun qulay sharoitlar hozirlash, bu maskanga tashrif buyurgan har bir kishi o‘ziga ma'naviy ozuqa olishi, masjid har doim ma'rifat, mo‘min-musulmonlar ahilligini ziyoda qiluvchi maskan ekanligiga asoslangan holda ish olib borish lozimligi haqida gapirib o‘tdilar.    

 

Konferensiya ishtirokchilari Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdilar

Kecha Samarqand shahrida boshlangan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjumanning bugun yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng anjuman ishtirokchilari viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarov va boshqa mas'ullar hamrohligida Imom Buxoriy yodgorlik majmualari, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadis ilmi maktabiga tashrif qildilar.

 

Muftiy hazratlari “Domla Kamoliddin” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar

Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanda ishtirok etgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand shahridagi “Domla Kamoliddin” jome masjidida bo‘lib, bu joyda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar. Masjidda namozxonlar uchun yanada qulay sharoit barpo etish maqsadida qo‘shimcha yangi bino qurilmoqda. Muftiy hazratlari olib borilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishar ekan, o‘zlarining zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalarini berib, masjid binosining qad rostlashida o‘z hissalarini qo‘shayotgan mo‘min-musulmonlar, tashkilotchi hamda ustolarning haqlariga duo qildilar. Inshalloh, qisqa muddatlarda “Domla Kamoliddin” jome masjidining yangi binosini namozxonlarga taqdim etish tadbirida muftiy hazratlarining ishtirok etib, duoi xayrlar qilishini Yaratgandan so‘rab qolamiz.

 

Misr Bosh imomi shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya Samarqanddan jo‘nab ketdi

“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidaga xalqaro konferensiyada ishtirok etgan Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya Samarqanddan jo‘anb ketdi.

 

O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov hazratlari Pokistonlik Naqshbandiy tariqatchilari delegatsiyasini qabul qildilar

Joriy yilning 29 fevral 7 mart kunlari Toshkent shahri, Buxoro va Samarqand viloyatlari bo‘ylab ziyorat qilib turgan yigirma besh kishidan iborat Pokiston Islom Respublikasi tariqatchilar delegatsiyasi Samarqandda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bugun, 4 mart kuni Delegatsiyaga rahbarlik qilayotgan Naqshbandiya tariqatining yetakchisi Shayx Muhammad Naqibur-Rohman Naqshbandiy hazratlari bilan o‘zaro muloqot qildilar.

 

Prezident Shavkat Mirziyoev Shayx Ahmad Tayyibga sovg‘a-salom yo‘lladi

Samarqandda o‘tkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyada yuqori martabali mehmon, dunyoga mashhur “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib ham ishtirok etmoqda.

Anjumanning ochilish marosimida Shayx Ahmad Tayyib janoblariga Samarqand shahrining faxriy fuqarosi unvoni berilgan edi.

 

Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya Imom Moturidiy va Imom Buxoriy maqbalarini ziyorat qildi

Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delagatsiya “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidaga xalqaro konferensiyaning tanaffus vaqtidan foydalangan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamkorligida Imom Moturidiy maqbarasini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi. Yuqori martabali mehmonga mazkur majmuaning obod qilinishi va kelgusidagi rejalar, Chokardiza qabristoni haqida batafsil ma'lumot berildi.

Misr bosh imomi ziyoratgohdan qaytish chog‘ida mazkur majmua rahbariga “Imom Termiziyga borsangiz misrlik shogirdingiz salom aytdi” deb o‘z salomini yetkazishni so‘radi.

         

 

O‘zbeksiton muslmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari anjumanda nutq so‘zladilar

Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman ishi samarali davom etmoqda. Hozir anjuman dasturi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari so‘zga chiqib, Imom Moturidiy merosining bugungi mutaassib oqimlarga qarshi kurashdagi o‘rni, ularga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari hamda O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida buyuk allomalarimizning diniy-ma'rifiy merosini o‘rganish, targ‘ib qilish bo‘yicha mamlukatumizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Muftiy hazratlari o‘z ma'ruzalarini arab tilida bayon qildilar. Anjuman davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati

 

Shayx Ahmad Tayyibga “Samarqand shahri faxriy fuqarosi” unvoni berildi

Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik.  Xalqaro konferensiyaning yalpi yig‘ilishida dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi doktor Rustam Qosimov O‘zbekistonda so‘nggi yillarda din sohasida amalga oshirilgan islohotlar mavzusida ma'ruza qildi. Shundan so‘ng “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib so‘zga chiqib, ushbu anjumanning ahamiyati, Imom Moturidiy asarlarining islom ta'limotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing