O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov hazratlari Pokistonlik Naqshbandiy tariqatchilari delegatsiyasini qabul qildilar
Joriy yilning 29 fevral 7 mart kunlari Toshkent shahri, Buxoro va Samarqand viloyatlari bo‘ylab ziyorat qilib turgan yigirma besh kishidan iborat Pokiston Islom Respublikasi tariqatchilar delegatsiyasi Samarqandda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari bugun, 4 mart kuni Delegatsiyaga rahbarlik qilayotgan Naqshbandiya tariqatining yetakchisi Shayx Muhammad Naqibur-Rohman Naqshbandiy hazratlari bilan o‘zaro muloqot qildilar.
Muloqot chog‘ida Shayx Muhammad Naqibur-Rohman Naqshbandiy hazratlari samimiy qabul uchun muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga minnatdorchilik bildirdi. “Biz O‘zbekiston zaminida bo‘lib turganimizdan mamnunmiz. Jahonning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lganmiz. Ammo, O‘zbekistonga birinchi marta tashrif buyurdik va mana shunday fayzli zaminga ilgariroq kelmaganimdan taassufdaman. Ushbu zaminda qo‘nib topgan ko‘plab azizalarning qabrlari, qadamjolarni ziyorat qildik. Bu maskanlardagi o‘zgacha shukuh va fayz ruhiyatmizga sokinlik berdi”, deb aytib o‘tdi Shayx Muhammad Naqibur-Rohman Naqshbandiy hazratlari.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborat xizmati
Kiritilgan vaqti: 04/03/2020 09:59; Ko‘rilganligi: 1079
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 08:08