Xabarlar

Xalqsevar-muruvvatli insonlar

Insoniyatni johiliyat zalolatidan Islom nuri sari yuzlanishga sabab bo‘lgan ulug‘ zot Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib aytganlar: "Quyosh balqigan har bir kunda ikki kishi o‘rtasini adolat bilan isloh etishing ehsondir.

 

SAVOBLI KASB EGALARIGA EHTIROM

Hammamizga ma'lumki, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda bugungi kunda butun dunyoni larzaga solib turgan Koronavirus (SOVID 19) infeksiyasi bizning jonajon yurtimizni ham nazardan chetda qoldirmaganini ta'kidlash o‘rinlidir. Mana shunday qaltis vaziyatda o‘z sog‘ligini keyinga surib, insonlar sog‘ligini birinchi o‘ringa qo‘ygan va bu yo‘lda bor bilimi va salohiyati bilan xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining xizmatlari tahsinga sazovor.

 

Ushbu sinovlardan birdamlik bilan o‘tamiz

Bugungi sinovli kunlarda yonma-yon turib, o‘zaro hamjihatlikda qiyinchiliklarni yengib o‘tishda ko‘plab soha vakillari namuna bo‘lmoqda. Bularga misol tariqasida tibbiyot va barcha davlat tashkilotlari xodimlarini keltirishimiz mumkin. Ularning kasallikni yengib o‘tish bo‘yicha amalga oshirayotgan mehnatlari, aholining tinchlik va xotirjamligini saqlash borasida kunu-tun say'-harkatlari alohida tahsinga sazovor. Aholimizdan esa faqat joriy qilingan tartibga rioya etgan hollarida, iloji boricha ko‘chaga chiqmasliklari talab etiladi.

Shu yo‘nalishda imom-xatiblarimiz ham o‘z hissalarini qo‘shishga harakat qilmoqdalar. Ular tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilib, tibbiyot niqoblari tarqatiilmoqda. Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatimoqda. Siz ham xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing, hurmatli vatandosh!

 

Yaxshilarning muruvvati

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida “Qiyomat faqatgina yomon odamlar ustida qoim bo‘ladir”, deganlar (Ikki shayx  rivoyati). Ya'ni, yer yuzida yaxshi odamlar qolmasa, shunda qiyomat bo‘lar ekan.

 

Qur'on tilovati, zikr-salavot, sadaqot ofatlarning daf bo‘lishi omillaridandir

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi butun dunyoga jiddiy tashvish olib kelayotgan koronavirus kabi yuqumli xastalikni tez orada insoniyat boshidan aritish borasida Qur'oni Karim va hadisi shariflarga muvofiq maxsus amallarni ado etish vazifasini diniy soha xodimlariga tavsiya qildi. Unda, jumladan, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent shahri va viloyatlar vakilliklari tomonidan bir bosh qoramol va har bir tuman-shaharlarda bir bosh qo‘y so‘yilib, go‘shtlar va hadyalar ila kam ta'minlangan oilalar, yordamga muhtoj kishilar, duosi mustajob insonlar va mehribonlik uylariga xayriya qilinishi belgilangan edi.

 

Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Darun” masjidi binosiga ilk g‘isht qo‘yildi

Masjid barpo etish yoki yoki uning qurilishiga hissa qo‘shish ulkan savobligi dinimiz ahkomlarida alohida ta'kidlangan. Alloh taolo masjidlarni O‘ziga eng mahbub makonlar qilgan. Masjidlarni obod qiluvchilarning iymoni borligiga guvohlik berib shunday dedi: “Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to‘kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo‘rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o‘shalar hidoyat topguvchilardan bo‘lsalar” (Tavba surasi, 18-oyat).

 

Urgut tumani “G‘o‘s” jome masjidiga tashrif

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattorov kuni kecha Urgut tumanidagi “G‘o‘s” jome masjidida bo‘lib, bu joyda qurilish ishlari bo‘yicha homiylar bilan maslaxatlashishdi.

 

Imom-xatib bozorda aholi va sotuvchilarga tushunchalar berdi

Yurtimizda koronavirus qayd etilgach ayrim bozor va oziq-ovqat do‘konlarida tirbandlik kuzatila boshlandi.  Ba'zi joylarda tadbirkorlar aholi talabi oshganidan foydalanib, oziq-ovqat va birlamchi iste'mol mahsulotlari narxini oshirib sotishga urinishlar ham bo‘ldi. Aholi mahsulotlarning taqsilligi yoki narxlarning oshib ketishidan biroz xavotirga tushib, kunlik ehtiyojlaridan ziyod yeguliklarni jamlab olishga intilishlar kuzatildi. Samarqand shahar “Lohutiy” jome masjidi imom-xatibi O‘tkir domla Umirqulov shahardagi “Marmar” bozorida bo‘lib, sotuvchi va xaridorlarga bugungi vaziyatni og‘irlik, bosiqlik, sabr va intizom bilan bosib o‘tishga, mutaxassislarning ko‘rsatmlariga rioya qilish, sotuvchilar narx-navolarni sun'iy oshirishga intilmasliklari, o‘z navbatida aholi tomonidan ham xarid qilishda me'yor bilan ish ko‘rishlari haqida tushunchalar berdi.     

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi axborot xizmati

 

Samarqand viloyati ziyoratgoh va masjidlarida xayriya hashari qanday o‘tmoqda?

Yurtimizga bahor nafasi kirib keldi. Ushbu faslda dov daraxtlar kurtak yozib, borliq ko‘zni quvontirib, dilga hush kayfiyat bag‘ishlovchi gullar bilan burkanadi. Bahor arafasida barcha hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari avj oladi. Shahar va qishloqlar, mahalla va ko‘chalarda turli hashar tadbirlari uyushtiriladi.

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 2020 yil 14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish  xayriya hashari o‘tkazilishi haqida Hukumat farmoyishi qabul qilingan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat vakilligi tasarrufidagi ziyoratgohlar hamda  viloyatdagi barcha masjidlarda, ularning atrofi, qabristonlarda bugun umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari olib borilmoqda. Ushbu tadbirda “Vaqf” xayriya jamoat fondi, masjidlarning xodimlari, namozxon va ko‘ngillilar ishtirok etmoqda.

Quyida hashar jarayonlaridan fotolavhalar taqdim etamiz:

 

NARPAYLIK YOSHLAR ZIYORATDA

   Ichki turizmni rivojlantirish borasida bir qancha ishlar olib borilmoqda. Shu kungacha Buxoro, Xiva shaharlariga tumanimiz nuroniylarining sayohati uyushtirildi. Navro‘z bayrami oldidan esa 100 nafarga yaqin  ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlaridan iborat narpaylik yoshlar Samarqand shahrida sayohatda bo‘ldilar.

         

 

Abdurahmon as-Sudays koronavirus bo‘yicha ehtiyot choralariga munosabat bildirdi

Bugun dunyoda shiddat bilan tarqalayotgan yuqumli kasallikdan xabaringiz bor. Shubhasiz, bu narsalarning barchasi Alloh taoloning buyuk hikmatidan, cheksiz qudratidan dalolatdir. Bu jarayon bandalar Allohga qaytishi uchun bir imtihon va sinovdir. Alloh taolo Kalomi majidida “Biz, albatta, sizlarni qo‘rquv, ochlik bilan, mol-jon va mevalarga nuqson yetkazish bilan sinab ko‘ramiz”, deb bayon qilgan. Bandaning vazifasi doimo Alloh taolo bilan bog‘liq bo‘lishdir. Chunki foyda yetkazuvchi ham, zararni daf qiluvchi ham u Zot subhanahu va taolodir. Shuning uchun insonlar Alloh taologa bo‘lgan ishonchlari mustahkam bo‘lishi, Uning qazo va qadariga imon keltirishi, doimo Uning o‘ziga tazarruda bo‘lishi, O‘ziga tavakkal qilishi kerak. Yana bu dardu vabolarni musulmonlardan uzoq qilishini so‘rab Uning o‘ziga duo qilish lozim.

 

Muftiy hazratlarining Xorazm viloyatiga tashriflari boshlandi

Bugun, 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar.

 

Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi Gemotologiya bo‘limiga yangi binokulyar mikroskop olib berildi

Imom Muslim «Sahih»ida rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Inson vafot etgach, barcha amallari undan uziladi: faqat uchta amali(dan savob kelib turadi): sadaqai joriyadan, foydalanib turiladigan ilmdan va haqqiga duo qilib turadigan solih farzanddan (Muslim (1631) Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyati). 

 

Viloyat bosh imom-xatibi Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanlarida bo‘ldi

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov masjidlarning faoliyati bilan tanishish, aholi bilan uchrashish maqsadida Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanlarida bo‘ldi. Kattaqo‘rg‘on tumani, Payshanba shaharchasida faoliyat yuritayotgan dehqon bozorida bo‘lgan viloyat bosh imom-xatibi bozorning faoliyati bilan tanishar ekan, yaqinda o‘z ishini boshlagan saxovat rastasini ham ko‘zdan kechirdi. Oldin xabar berganimizdek, bu rastaga saxovatpesha insonlar tomonidan qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlarini muhtoj kishilar o‘z ehtiyojlariga yarasha haq to‘lamasdan olib, iste'mol qilishlari mumkin.

 

Sayyor yig‘ilishi doirasida bosh imom-xatiblar tomonidan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda

Samarqand viloyati tuman va shahar bosh imomlarining  Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tadigan sayyor yig‘ilishi doirasida imom-xatiblar tomonidan masjidlarning faoliyatini o‘rganish hamda diniy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok etish, aholi xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlashish hamda ma'naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha hozir qadar bir qancha ishlar amalga oshirildi. Quyida ushbu tadbirlardan foftolavhalar taqdim etamiz:

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing