SAVOBLI KASB EGALARIGA EHTIROM
Hammamizga ma'lumki, mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro andozalar asosida rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda bugungi kunda butun dunyoni larzaga solib turgan Koronavirus (SOVID 19) infeksiyasi bizning jonajon yurtimizni ham nazardan chetda qoldirmaganini ta'kidlash o‘rinlidir. Mana shunday qaltis vaziyatda o‘z sog‘ligini keyinga surib, insonlar sog‘ligini birinchi o‘ringa qo‘ygan va bu yo‘lda bor bilimi va salohiyati bilan xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining xizmatlari tahsinga sazovor.
Joylarda barcha mutasaddi tashkilotlar qatori imom-xatiblarimiz ham tibbiyot xodimlarining bu samarali xizmatlarini qadrlash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joylardagi shifoxonalarga tashrif qilmoqdalar. Jumladan, Bulung‘ur, Narpay, Samarqand va Ishtixon tuman bosh imom-xatiblari tuman markaziy shifoxonasida hamshira va shifokorlar bilan uchrashib, ular bilan dildan suhbat qurgan holda haqlariga duolar qilib, ko‘ngillarin ko‘tardilar. Shuningdek, ular yuz niqoblarni hadya qildilar. Qolversa, viloyatdagi barcha imom-xatiblar mana shunday ulug‘ kasb egalari bilan uchrashib, ularga o‘z hadyalarini taqdim qilmoqdalar. Inson sog‘ligi yo‘lida chin dildan xizmat qilayotgan bu savobli kasb egalarining qilayotgan xizmatlariga Alloh taoloning o‘zi ajru-mukofotlar bersin.
Undan tashqari Kattaqo‘rg‘on tuman bosh imom-xatibi tashabbusi bilan “Uyda o‘tirib, kitob o‘qing” aksiyasi e'lon qilinib, diniy-ma'rifiy kitoblar tarqatilmoqda.
O‘MI Samarqand viloyat axborat xizmati
Kiritilgan vaqti: 27/03/2020 16:25; Ko‘rilganligi: 994
Chop etilgan vaqti: 16/09/2024 08:34