O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Umra ziyoratingiz qabul bo‘lsin!

 
 

Samarqand viloyatidan Umra ziyoratiga borgan 196 nafar ziyoratchilarimiz Madinai munavvara shahridagi tabarruk maskanlarni ziyorat etib, bugungi kunda Makka shahrida bo‘lib turibdilar. Umra ziyoratlarini ado etayotgan yurtdoshlarimizning kayfiyatlari a'lo darajada. Ularga rahbarlik qilayotgan guruh rahbarlari ziyoratchilarimizning ibodatlarini mukammal ado etishlari, mehmonxona va ttransport xizmatlari, taomlanishlarida qiyinchiliklarga uchramasliklari uchun sa'y-harkat qilmoqdalar.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilgan, ul zot aytganlar:

من طاف بالبيت، لم يرفع قدما ولم يضع أخرى إلا كتب الله له حسنة: وحط عنه بها خطيئة ورفع له بها درجة

Kimki baytullohni tavof qilar ekan bir oyog‘ini yerdan ko‘tarib, ikkinchisini yerga qo‘ygunicha Alloh unga bir hasana yozadi, bitta gunohini o‘chiradi va darajasini bir pog‘onaga oshiraveradi” (Imom Ahmad).

Alloh taolo tavof barobarida hasanalaringizni ziyoda bo‘lishi, gunohlarni o‘chirilishi va darajalarigizni oshirilishini nasib qilsin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 13/02/2020 13:40;   Ko‘rilganligi: 955
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/umra-ziyoratlaringiz-qabul-bolsin
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 07:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing