O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yangi masjidlar ko‘paymoqda

 
 

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar diniy sohani ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Bular haqida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Ana shunday yangiliklardan biri bu “Domla Kamoliddin” jome masjidida olib borilayotgan qurilish ishlaridir. Masjid 1996 yil qurilib, foydalanishga topshirilgan. U ikki yuz kishiga mo‘ljallangan edi. Hozir jamoat va homiylar ko‘magi bilan qo‘shimcha yangi masjid binosi qurilmoqda. Bino foydalanishga topshirilgandan so‘ng ming kishi o‘z ibodatlarini shinam masjidda ado etish imkoniga ega bo‘ladi.

Ishlarning borish jarayoni, namozxonlar bilan suhbatlashish maqsadida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi bugun “Domla Kamoliddin” jome masjidida bo‘ldi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 04/02/2020 19:06;   Ko‘rilganligi: 872
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-shahrida-yana-bir-masjid-binosi-bunyod-etilmoqda
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 02:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing