Samarqandlik ziyoratchilar Umra safariga jo‘nab ketdi
Bugun, 18 fevral kuni Samarqand viloyatidan 242 nafar ziyoratchilar Umra safariga yo‘l oldilar. Keyingi vaqtlarda Umra safariga borish niyatida bo‘lgan fuqarolarimiz uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratilmoqda. Albatta bundan xalqimiz xursand. Ushbu mamnuniyatni ziyoratga otlangan yurtdoshlarimizning yuzlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Ularni viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi hamda imomlar, mas'ul tashkilotlarning vakillari, ziyoratchilarning yaqinlari kuzatib qo‘ydilar. Ularning haqlariga duolar qilinib, safar davomida ibodat va duolari ijobat bo‘lishini hamda yurtimiz va xalqimiz haqlariga duo qilishlari so‘raldi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 18/02/2020 13:24; Ko‘rilganligi: 1042
Chop etilgan vaqti: 14/12/2024 11:39