O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Imom Moturidiy majmuasida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda

 
 

Xabaringiz bor shu yilning 3-5 mart kunlari Samarqandda “Imom Abu Mansur Moturidiy va Moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro anjuman o‘tkaziladi.

Bu yil buyuk vatandoshimiz, hadis va fiqh ilmining ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan yirik alloma Abu Mansur Moturidiy tavalludiga 1150 yil to‘ladi.

Tarixiy manbalarda Markaziy Osiyoda kalom ilmining rivojlanishida Abu Mansur Moturidiyning o‘rni nihoyatda katta bo‘lgani qayd etiladi. Chunki, alloma yashagan davrda, ya'ni IX asrning oxiri va X asrning birinchi yarmida islom dinida turli guruh va firqalar soni ko‘payib ketgan. Natijada imon-e'tiqod masalalarida ko‘plab ixtiloflar kelib chiqqan. Ana shunday vaziyatda Imom Moturidiy dinning asl mohiyatini ochib berish, sof islomiy aqidani saqlab qolish borasida beqiyos ishlarni amalga oshirgan. Hanafiy mazhabi asoschisi Abu Hanafaning ta'limotiga suyangan holda o‘ziga xos kalom maktabini yaratgan. Bu maktab tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar islom dinining mohiyatini to‘g‘rilik, ezgulik, insoniylik deb biladigan mo‘min-musulmonlarning qarashlari va intilishlari bilan hamohang edi.

Mazkur nufuzli anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ham zarur chora-tadbirlar rejasi tasdiqlan bo‘lib, unga ko‘ra, Samarqand shahridagi Imom Abu Mansur Moturidiy maqbarasi va mazkur majmua atrofida ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.

Hozirgi vaqtda “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat fililali tomonidan majmuada ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. “Maqbaraning ichki tomoni to‘liq ta'mirlandi. Tashqi tomonida ham ko‘chib tushgan koshinlar qayta tiklanmoqda. Bundan tashqari majmua hovlisi va atrofida ham ta'mirlash, obodnlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Yaqin kunlarda majmua ko‘rkiga yana ko‘rk qo‘shilib, mehmon va ziyoratchilar tashrifi uchun barcha sharoitlar muhyyo etiladi”, dedi ta'mir ishlarida bevosita rahbarlik qilayotgan “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat fililali rahbarining o‘rinbosari Aziz Sultonov.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 07/02/2020 10:51;   Ko‘rilganligi: 966
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/imom-moturidiy-majmuasida-tamirlash-ishlari-olib-borilmoqda
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 04:18
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing