Abror Muxtor Aliy Diniy idorada mas'ul vazifaga tayinlandi
✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan “Qur'on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi mudiri o‘rinbosari vazifasiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, taniqli bloger Abror Abduazimov (Abror Muxtor Aliy) tayinlandi.
#TAYINLOV: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, qiroat ilmi ustozi Alijon qori yangi bo‘lim mudiri etib tayinlandi
✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan “Qur'on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi mudiri vazifasiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, qiroat ilmi ustozi, mudarris, serg‘ayrat olim Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li Haydarov tayinlandi.
#XUSHXABAR: Diniy idorada “Qur'on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi ochildi!
Allohga shukrki, yurtimiz aholisining diniy-ma'rifiy ehtiyojlarini qondirish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mana shunday ishlarning uzviy davomi sifatida Qur'oni karimga muxlis xalqimizning talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Qur'on tajvidini o‘rgatish” bo‘limi ochildi.
BMTning Din va e'tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi O‘zbekistonga keladi
O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Javlon Vahobov BMTning Din va e'tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmad Shahid bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» manbasiga tayanib, kun.uz sayti xabar berdi.
Ahmad Shahid O‘zbekiston hukumatining uning ofisi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamda ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorligi izchilligiga yuqori baho berib, mamlakat bilan o‘rnatilgan muloqotni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.
Ahmad Shahid joriy yil sentyabr oyida O‘zbekistonga safar qilib, Nyu-York shahri universiteti huzuridagi Ralf Banch nomidagi xalqaro tadqiqotlar instituti va Esseks universiteti huquqshunoslik maktabi yordamida texnik ko‘mak dasturini ishga tushirishga tayyorligini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, safar dasturida tegishli davlat idoralari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminar va treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, BMT doirasida qo‘llanilayotgan inson huquqlari ko‘rsatkichlariga asoslangan milliy monitoring va baholash tizimini ishlab chiqishda maslahat yordami ko‘rsatiladi.
BMT maxsus ma'ruzachisi «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumini o‘tkazish rejasini olqishlab, mazkur anjuman yakunlari bo‘yicha «Buxoro deklaratsiyasi» qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Ahmad Shahid «Buxoro deklaratsiya»si loyihasini ishlab chiqishda zarur maslahat yordami ko‘rsatishini, shuningdek, dekabr oyida ushbu xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yana bir bor safar qilishini tasdiqladi.
Paxtachi tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 03 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Paxtachi tumanidagi mavjud 12 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Paxtachi tuman “Xo‘ja Ziyovuddin” masjidida bo‘lib o‘tmoqda.
“Yorman” masjidi uchun qurilayotgan yangi binoning birinchi g‘ishtini qo‘yib berildi
Paxtachi tumanida bo‘lib turgan Toshkent shahri Chilonzor tumani bosh imom-xatibi E.Rustamov, Toshkent shahar “Islomota” masjidi imom xatibi Y.Karimovlar tumandagi “Yorman” masjidi uchun qurilayotgan yangi binoning birinchi g‘ishtini qo‘yib berishdi. Yangi masjid binosi poydevori yonida Qur'on tilovat qilinib, uzundan-uzun duolar o‘qildi.
Toshkent shahar “Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Sodiq shahrimizdagi Muhammad Naqibbek jome' masjidiga tashrif buyurdi
Toshkent shahar “Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Sodiq shahrimizdagi Muhammad Naqibbek jome' masjidiga tashrif buyurib, ulamolar va shahrimiz namozxonlari bilan samimiy suhbat qurdi.
Suhbat davomida bugun mamlakatimizdagi tinchlik va osudalikning qadriga yetish, vatanparvarlik hissi, shukronalik, insoniylik kabi fazilatlar xususida gapirildi.
TINCHLIK - ENG OLIY NE'MAT
Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lib turgan yurtimiz ulamolaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi vakillarining navbatdagi manzili Qori Muhammadrasul masjidi bo‘ldi.
Shukurillo domla va boshqa ulamolar ishtirokida peshin namozi ado etildi.
Tadbir davomida ulamolar va shahrimizdagi namozxonlar bilan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida bugun mamlakatimizdagi tinchlik va osudalikning qadriga yetish, vatanparvarlik hissi, shukronalik, mehr-oqibat, rahm-shavqat, insoniylik kabi fazilatlar xususida so‘z yuritildi.
Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Raxmatullo Termiziy Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Qalandarxona” jome' masjidiga tashrif buyurdi
Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Raxmatullo Termiziy Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Qalandarxona” jome' masjidiga tashrif buyurdi. Mehmon jamoat oldida hasaddan tiyilish, to‘g‘ri yo‘ldan adashtiruvchi amallardan chetlanish va dinimizning fazilatlari to‘g‘risida chiqish qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi S.Sharipov tumandagi “Yangiravot” jome' masjidida bo‘lib, “Guzal xulq va uning ko‘rinishlari” mavzusida jamoat bilan suhbat qurdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi S.Sharipov tumandagi “Yangiravot” jome' masjidida bo‘lib, “Guzal xulq va uning ko‘rinishlari” mavzusida jamoat bilan suhbat qurdi.
Toshkent shahar “Minor” masjidi imom-xatibi F.Ubaydullayev Kattakurgon shahrida bo‘ldi
Toshkent shahar “Minor” masjidi imom-xatibi F.Ubaydullayev Kattakurgon shahrida bo‘ldi. Tashrif avvalida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar huzurida bo‘lib, ularga ehson sovg‘alarini topshirdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari X.Ishmatbekov va Samarqand shahar bosh imom-xatibi Z.Mahmudovlar Kattakurgon tumaniga tashrif buyurdilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari X.Ishmatbekov va Samarqand shahar bosh imom-xatibi Z.Mahmudovlar Kattakurgon tumaniga tashrif buyurdilar va tumandagi kam ta'minlangan oilalar xonadonlarida bo‘ldilar. Xonadonlar sohiblari taqdim etilgan ehson sovg‘alari uchun minnatdorlik bildirishdi.
Tashrif doirasida mehmonlar “Naqshbandiy” jome' masjidiga ham borishdi
Tashrif doirasida mehmonlar “Naqshbandiy” jome' masjidiga ham borishdi va masjid rahbariyati bilan muloqot qilishdi. Muloqot davomida masjid faoliyatini karantin talablari asosida tashkil etish va namozxonlar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash zarurati ta'kidlandi.
Bugun 24 iyul kuni bir guruh ulamolardan tarkib topgan targ‘ibot guruhi Samarqand viloyatining bir necha tumanlariga borishdi.
Bugun 24 iyul kuni bir guruh ulamolardan tarkib topgan targ‘ibot guruhi Samarqand viloyatining bir necha tumanlariga borishdi.
Jumladan, Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari A.Yunusov, Toshkent shahar “Minor” masjidi imom-xatibi F.Ubaydullayev, Toshkent shahridagi “Dorussalom” jome' masjidi imom-xatibi M.Abduqodirovlar Samarqand shahar Ruhobod jome' masjidi imom-xatibi T.Amirov hamrohligida viloyatning Narpay tumanida bo‘lishib, tashrifni aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj vakillari oilalaridan xabar olishdan boshlashdi.
Xususan, tumandagi Amir Temur mahallasida yashovchi Ibrohim Eshmonov hamda Alisher Navoiy nomli mahallada istiqomat qiluvchi Olimjon Norboyevlar xonadonlariga borilib, VAQF xayriya jamot fondi ta'sis etgan sovg‘alar taqdim etildi.
Mamlakatimiz ulamolaridan iborat targ‘ibot guruhi a'zolarining Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda
Kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari I.Inomov viloyatning Urgut tumanida bo‘lib, tumandagi “Mulla Bobomurod” jome' masjidini borib ko‘rdi. Mehmon masjid faoliyati bilan yaqindan tanishib, jamoat oldida ijtimoiy odob me'yorlari to‘g‘risida ma'ruza qildi. Peshin namozini jamoat bilan ado etgach, tumandagi kam ta'minlangan oilalar xonadonlariga borib, ehson ulashdi.
Shundan so‘ng ulamo tumanda o‘tkazilayotgan xatna to‘y marosimlaridan birida ishtirok etdi. Marosimda mehmon so‘zga chiqib, tinch zamonamizning shukronasini keltirdi va to‘y sohiblarini muborakbod etdi.




















