Ulamolarning Samarqandga tashrifi viloyat madaniy-ma'rifiy hayotida o‘chmas iz qoldirmoqda.
Bugungi Yangi O‘zbekistonda boshqa sohalar kabi diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar salmoq jihatidan yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Bu esa mazkur islohotlar mohiyatini keng targ‘ib etish, aholining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirish, ularning turmushdan rozi bo‘lib, shukronalik hissi bilan yashashi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash mas'uliyatini yuklaydi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining bir guruh ulamolaridan tarkib topgan targ‘ibot guruhlari respublikamizning qator viloyatlariga amalga oshirayotgan amaliy tashriflari ham aynan shu maqsadlarga qaratilgan.
Bugun 22 iyul kuni, mazkur guruh vakillari an'anani davom ettirib, Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrifning birinchi kunida targ‘ibotchilar viloyatning Samarqand shahri, Samarqand, Nurobod va Pastdarg‘om tumanlarida bo‘lishib, masjidlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va jamoat bilan peshin namozini ado etdilar.
EHTIYOJMAND OILALAR – E'TIBORDA
Samarqand viloyatiga tashriflar davomida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, olis va chekka hududlardagi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar, taniqli ulamolar ishtirokida jome masjidlarda suhbatlar o‘tkazilishi barobarida ehtiyojmand oilalar holidan ham xabar olinyapti.
Ana shunday tadbirlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon domla Inomov, VAQF xayriya jamoat fondi viloyat filiali rahbari Azizxon Sultonov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Toshkent shahar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome' masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Sodiq va boshqalar shaharning qator mahallalaridagi kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olishdi.
Darhaqiqat, ehsonning mukofoti ehsondir. Ulamolar xayriya ulashib, barchaga saxovat bobida o‘rnak bo‘ldilar.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan sovg‘a-salomlar o‘nlab ehtiyojmand oilalarga yetkazib berildi.
Ulamolarimiz namozxonlar bilan “Tarbiya — buyuk ne'mat” mavzusida suhbatlashdi
Imom-xatiblar jamoatga tarbiyaning nozik jihatlari, xususan hayot olamida, shubhasiz, tarbiya singari insoniyatga ta'sirli narsa mavjud emasligi, shu bois qadimdan mashhur donishmandlar, olimu-fozillar o‘z qarashlarida tarbiya masalasiga alohida o‘rin ajratishganini ta'kidlashdi. Vaholanki, yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Shu asoslarga ko‘ra, zamondoshlarimizning har biri o‘sib kelayotgan avlodni buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy meros muhitida tarbiyalashga e'tibor qaratishlari lozim. Shundagina farzandlarimizni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo‘lib yetishishlariga undagan bo‘lamiz.
NAMOZXONLAR BILAN DILDAN SUHBAT
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari I.Inomov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi S.Sharipov Samarqand shahridagi “Shohi Zinda” jome masjidiga tashrif buyurib, namozxonlar bilan dildan suhbatlashdilar.
Mo‘min-musulmonlarga so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib, shukrning fazilatini bayon etdilar.
Tashriflar davom etmoqda...
Yurtimiz ulamolaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi vakillarining Samarqand viloyatiga tashrifi boshlandi.
#Xabarlar
Yurtimiz ulamolaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi vakillarining Samarqand viloyatiga tashrifi boshlandi.
Bugun, 22 iyul kuni yurtimizning taniqli ulamolari Samarqand viloyati Samarqand shahri, Samarqand tumani, Nurobod va Pastdarg‘om tumanlariga tashrif buyurishadi.
Samarqand shahar "Xo‘ja abdu Darun" jome masjidiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi masul xodimi E.Esonov tashrif buyurdi
Xabarlar
Samarqand shahar "Xo‘ja abdu Darun" jome masjidiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi masul xodimi E.Esonov tashrif buyurdilar. Masjidning yangi qurilayotgan binosi bilan tanishib, peshin namozini jamoat bilan ado etadilar.
BUGUN SOAT 21:00 DA QUR'ON VA DUO KECHASINI O‘TKAZIB YUBORMANG!
Ulug‘ ayyom kunlarida imom-domlalar, mudarrislar, talabalar va otinoyilar hamda xalqimiz tomonidan Qur'oni karimning minglab xatmlari o‘qildi.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari davolanish muolajasini olmoqdalar
Shu kunlarda Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari to‘g‘risida turli asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) vabosining keng tarqalishi oldini olish bo‘yicha FATVOSI
Bismillahir Rohmanir Rohiym,
Muhtaram mo‘min-musulmon birodarlar, aziz yurtdoshlar!
Jahon ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga ko‘ra, qariyb bir yarim yildan beri insoniyatga sinov, imtihon bo‘lib kelgan vabo – koronavirus pandemiyasi uchinchi, ayrim mamlakatlarda to‘rtinchi to‘lqin tarzida namoyon bo‘lmoqda. Allohga shukrki, o‘tgan yili hukumatimiz va O‘zbekiston musulmonlari idorasi amalga oshirgan qator chora-tadbirlar sabab ushbu kasallikning oqibatlari birmuncha yengil kechdi. Ammo bu yilgi yoz chillasi kirib kelishi bilan virusning tarqalishi yana avj oldi.
Pokiston Bosh vaziri Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
Ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamrohligida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi.
Qur'on tilovat qilinib, buyuk alloma yod etildi.
Islom olamida muhaddislar sultoni, deb e'zozlanadigan Imom Buxoriy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etish, bu zot nomi bilan bog‘liq maskanni obod etish borasida olib borilayotgan ishlarga Pokiston Bosh vaziri yuksak baho berdi.
“QUR'ONI KARIM SURALARI VA DUOLARI FAZILATI” KITOBI YUZASIDAN XABARNOMA
Shu kunlarda Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Qur'oni karim suralari va duolari fazilati” nomli kitobda “Baqara” surasidagi xatoliklar to‘g‘risidagi xabarlar keng tarqalmoqda. Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston musumonlari idorasi mutaxassislari o‘rganishlar olib bordilar. Aniqlanishicha, xatoliklar asosan “Baqara” surasida yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, oyatlardagi arabcha so‘zlar texnik ishlanmalar natijasida o‘rinlari almashib ketgan.
QURBON HAYITI 20 IYUL NISHONLANADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi muhim ahamiyatini e'tiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida:
Qurbonlik haqida
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taologa beadad hamdu sanolar
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin
Qurbonlik lug‘atda “yaqinlashmoq”, “yaqin bo‘lmoq” ma'nolarini bildirib, istilohda bu so‘z Allohga qurbat hosil qilish maqsadida jonliq so‘yishni anglatadi.
Obi rahmat masjidining yangi binosi qad rostlamoqda
Allohga beadad shukrki, yurtimizdagi ikki mingdan ziyod masjidlarimiz kundan-kunga obod bo‘lmoqda. Ko‘p masjidlar zamonaviy shaklda ta'mirlanib, chiroyli va qulay holatga keltirilmoqda. Xalqimiz bunday jome masjidlarda ibodatlarini xotirjam ado etayotganlaridan mamnunlar.




















