O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

EHTIYOJMAND OILALAR – E'TIBORDA

 
 

Samarqand viloyatiga tashriflar davomida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, olis va chekka hududlardagi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar, taniqli ulamolar ishtirokida jome masjidlarda suhbatlar o‘tkazilishi barobarida ehtiyojmand oilalar holidan ham xabar olinyapti.

 Ana shunday tadbirlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohimjon domla Inomov, VAQF xayriya jamoat fondi viloyat filiali rahbari Azizxon Sultonov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Toshkent shahar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome' masjidi imom-xatibi Ismoil Muhammad Sodiq va boshqalar shaharning qator mahallalaridagi kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olishdi.

Darhaqiqat, ehsonning mukofoti ehsondir. Ulamolar xayriya ulashib, barchaga saxovat bobida o‘rnak bo‘ldilar.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan sovg‘a-salomlar o‘nlab ehtiyojmand oilalarga yetkazib berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 22/07/2021 14:49;   Ko‘rilganligi: 885
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ehtiyojmand-oilalar-etiborda
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing