Axborot xizmati

Tumandagi kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga kirib, ularning holidan xabar oldilar.

Guruh a'zolari viloyatning Urgut, tumanidagi bogishamol jome' masjidida bo‘lishib, mohiyatan ezgu amallarga bag‘ishlangan turli mavzularda ma'ruzalar qildilar va peshin namozini jamoat bilan birga ado etdilar.

Tumanimizdagi kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga kirib, ularning holidan xabar oldilar.

 

Tinchlikni qadrlash, Vatanni suyish islom mezonlaridandir

Yurtimiz ulamolaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhining tumanimizga tashrifi davom etmoqda.

Navbatdagi tadbir Islomobod jome masjidida o‘tdi. Toshkent shahar, Chilonzor tumani bosh imom-xatibi E.Rustamov ishtirokida peshin namozi ado etildi. Shundan so‘ng tinchlikning qadriga yetish, vatanparvarlik hikmati, millat taqdiriga dahldorlik hissi mavzularida namozxonlar bilan dildan suhbatlashildi. Ishchi guruh tarkibidagi ulamolar bu borada oyat va hadislardan misollar keltirishdi.

Shu kabi tadbirlar Ibrohim ota jome masjidida ham tashkil etildi.

 

Ulomolarimizning tashriflari davom etmoqda

Targ‘ibot guruhi Samarqand viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni xaftaning muborak juma kuniga to‘g‘ri keldi. Guruh a'zolari viloyatning Urgut, Tayloq, Bulung‘ur va Jomboy tumanlarida bo‘ldilar. Targ‘ibotchilar mazkur tumanlardagi bir nechta qurilayotgan va yaqinda foydalanishga topshirilgan jome' masjidlarda bo‘lishib, mohiyatan ezgu amallarga bag‘ishlangan turli mavzularda ma'ruzalar qildilar va peshin namozini jamoat bilan birga ado etdilar

 

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining davolanish muolajalari davom etmoqda

Shuni ma'lum qilamizki, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ayni kunda Moskva shahrida yurak-qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tamoqdalar. Hazratning holatlari barqaror. Zarur, barcha chora-tadbirlar malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Muftiy hazratlarining haqlariga Alloh taolodan shifoi komil, tan-sihatlik, uzoq umr, musulmon ummatiga va xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishlarini Yaratgan Parvardigordan iltijo qilib qolamiz.

 

“Toyloq ota” jome' masjidida o‘qilgan peshin namozidan so‘ng Toshkent shahar imom xatibining o‘rinbosari domla Abduqahhor Yunusov namozxonlar o‘rtasida “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir” mavzusida ma'ruza qildi.

“Toyloq ota” jome' masjidida o‘qilgan peshin namozidan so‘ng Toshkent shahar imom xatibining o‘rinbosari domla Abduqahhor Yunusov namozxonlar o‘rtasida “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir” mavzusida ma'ruza qildi.
-Islom hidoyatida tarbiya ko‘rgan va uning sof va pok buloqlaridan bahra olib ulg‘aygan kishi o‘zi yashab turgan jamiyatdagi barcha insonlarga naf keltirishga, ulardan zararni daf qilishga intiladi. Chunki insonlarga yaxshilik qilish ikki dunyo saodatiga sabab bo‘ladi, -deydi domla Abduqahhor Yunusov.
Ma'naviy-ma'rifiy suhbat davomida ma'ro‘zachi tinchlik — dunyodagi eng bebaho ne'mat ekanligi, biz ana shunday xotirjamlik ustuvor bo‘lgan yurtda yashayotganligimiz, qolaversa, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar samaralari tufayli yildan-yilga turmushimiz yanada obod va farovon bo‘layotganligi, bu kunlarning qadriga yetib, berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishimiz, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga hech birimiz befarq qaramasligimiz lozimligini ta'kidladi.

 

Targ‘ibot guruhning asosiy vazifasi jamoat orasida mamlakatimizda olib borilayotgan diniy-ma'rifiy islohotlar samaralari, dinimizning ezgulik g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat.

Targ‘ibot guruhning asosiy vazifasi jamoat orasida mamlakatimizda olib borilayotgan diniy-ma'rifiy islohotlar samaralari, dinimizning ezgulik g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat. Guruhning Urgut tumanida bo‘lib turgan boshqa bir vakillari Toshkent shahar “Bo‘ta buva” jome' masjidi Ziyovuddin domla Mirsodiqov hamda Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattarovlar tumandagi “Shayx Muhiddin” jome' masjidida “Qalb islohoti – buyuk tarbiya” mavzusida ma'ruza qildilar. Notiqlar qadimdan zahmatkash, har bir maqsadiga sabr-matonat va mashaqqatli mehnati bilan erishib kelayotgan xalqimiz e'tiqod bobida mustkahkam tayanchga ega ekanini ta'kidlashdi. Shunday ekan, tarbiyani qalbni isloh etishdan boshlash lozimligi, halovatga ko‘ngil, tana va ruhni pok tutish orqali erishilishi jamoatga ta'sirchan tarzda yetkazildi.

 

R.Sayfuddinov va Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Z.Eshonqulovlar Respublikamizdagi eng yirik masjidlardan biri – “Urgut markaziy” jome' masjidiga tashrif buyurishib, jamoat bilan peshin namozini ado etishdi.

Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi R.Sayfuddinov va Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Z.Eshonqulovlar targ‘ibot guruhidagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida Urgut tumanida bo‘ldilar. Ular dastavval tumanda joylashgan Respublikamizdagi eng yirik masjidlardan biri – “Urgut markaziy” jome' masjidiga tashrif buyurishib, jamoat bilan peshin namozini ado etishdi. Mazkur masjid joriy yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, zamon talablari asosida jihozlangan va bir vaqtning o‘zida10 ming namozxonga xizmat ko‘rsatadi.

 

Targ‘ibot guruhining Tayloq tumanidagi vakillari tumandagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishmoqda.

Targ‘ibot guruhining Tayloq tumanidagi vakillari tumandagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishmoqda. Mehmonlarning ushbu iltifotidan kamxarj xonadonlar sohiblari mamnun bo‘lishyapti.

 

Targ‘ibot guruhi vakillari Tayloq tumanida bo‘lib turishibdi.

Targ‘ibot guruhi vakillari Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari A.Yunusov, Toshkent shahri Yashnobod tumani bosh imom xatibi F.Allayorov va Toshkent shahar “Minor” masjidi imom-xatibi F.Ubaydullayevlar Samarqand shahar Ruhobod masjidi imom-xatibi T.Amirov hamrohligida Tayloq tumanida bo‘lib turishibdi. Targ‘ibotchilar tumandagi “Jumabozor” va “Toyloq ota” jome' masjidlariga tashrif buyurishib, masjidlar xodimlari bilan qizg‘in muloqotda bo‘ldilar.

 

Bulung‘ur tumaniga tashrif davom etyapti.

Ulamolar Bulung‘ur dehqon bozorida bo‘ldilar. Bozor ma'muriyati va tadbirkorlar bilan bo‘lgan muloqotda mehmonlar savdo uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash borasidagi takliflarini berishdi.

 

Bulung‘urda bo‘lib turgan targ‘ibot guruhi vakillari tumandagi kam ta'minlangan oilalar xonadonlariga kirishib, ehson hadyalarini tarqatishmoqda.

Duolar qabul bo‘ladigan muborak juma kungi xayrli amal uchun xonadon sohiblari uzundan uzun duo qildilar.

 

Bugun targ‘ibot guruhi tarkibidagi ulamolarning Samarqand viloyatiga qilgan amaliy tashrifining ikkinchi kuni boshlandi.

Toshkent shahri “Siroji Solih” masjidi imom-xatibi H.Qodirov, Toshkent shahar Yakkasaroy jome' masjidi imom-xatibi S.Toshanovlar Bulung‘ur tumani “Olomon” jome' masjidi imom-xatibi A.Murodov hamrohligida viloyatning Bulung‘ur tumaniga yo‘l olishib, dastlab tumandagi “Amir Hamza” jome' masjidi qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar qurilishi deyarli yakuniga yetayotgan masjidda namozxonlar uchun yaratilishi nazarda tutilgan sharoitlar bilan qiziqishdi. Masjid ma'muriyati bilan bo‘lib o‘tgan qisqa muloqot chog‘ida respublikamizda kishilar e'tiqod erkinligining to‘la kafolatlanayotgani masjid va madrasalarning batamom ko‘rkam qiyofa kasb etishiga asos bo‘lib xizmat qilayotgani ta'kidlandi.

 

Ulamolarning go‘zal suhbatidan quyidagi manzillar orqali bahramand bo‘ling

Bugun, 23 iyul kuni yurtimizning taniqli ulamolari  Urgut, Tayloq, Bulung‘ur va Jomboy tumanlariga tashrif buyurishadi.

 

Yurtimiz ulamolaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi vakillarining nurobod tumaniga tashrifi boshlandi.

Bugun, 22 iyul kuni yurtimizning taniqli ulamolari Samarqand viloyati Samarqand shahri, Samarqand tumani, Nurobod va Pastdarg‘om tumanlariga tashrif buyurishadi.
Bugungi tashriflar asnosida Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari Abduqahhor domla Yunusov Camarqand viloyati Nurobod tumani Jom qishlog‘i “Jom ota” jome masjidiga tashrif buyurib, peshin namozidan keyin jamoatga mav'iza qilib berdilar.
Suhbatlar, ma'ruzalar savol-javoblarga ulanib ketdi.

 

Nurobodda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, sovg‘a-salomlar ulashilmoqda

Yurtimiz ulamolaridan tashkil topgan targ‘ibot guruhi vakillari viloyatimizga tashrifi davomida Nurobod tumanida ham bo‘lib, ayni vaqtda amaliy targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davom etmoqda.
Tadbirlar davomida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar, taniqli ulamolar ishtirokida jome masjidlarda suhbatlar o‘tkazilishi bilan birga tumandagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalar holidan ham xabar olinib, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan sovg‘a-salomlar ulashilmoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing