Axborot xizmati

MANGULIK – ALLOHGA XOS

Munosabat

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari umr haqida bunday yozgan edilar: «Umr insonga berilgan ne'matlar ichra eng qadrlisidir. Kunlar ketidan haftalar, oylar, yillar o‘tib boryapti. Inson umri cheklangan. Shu bois uni g‘animat bilib, manfaatli ishlarga sarflash zarur. Chunki o‘tib ketgan vaqtni ortga qaytarishning sira iloji yo‘q.

 

Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohni oxirgi manzilga kuzatish marosimidan fotolavha

Muftiy hazratlarini so‘ngi manzilga kuzatish marosimida taniqli ulamolar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, hazratimizning qavmu qarindoshlari, do‘stu birodarlari, shogird va muxlislari, butun O‘zbekistonning turli joyidan kelgan hamyurtlarimiz hamda xorijdagi vatandosh mo‘min-musulmonlar ishtirok etmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoev muftiy hazratlari oilasiga ta'ziya bildirdi

Xalqimiz og‘ir judolikka uchradi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15 avgust kuni xastalik tufayli vafot etdi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi, hamdardlik so‘zlari og‘ir judolikka uchragan ko‘ngillarga taskin bo‘ldi. Marhumning haqiga duo qilindi.

Prezidentimiz muftiy hazratning ezgu ishlarini yodga oldi:

– Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar. Bilimi, mehnatsevarligi, kamtarinligi bilan elimizda obro‘ topgan edilar. Bu balo butun dunyoga azob olib keldi, qancha yo‘qotishlar bo‘layapti. Qo‘limizdan kelgan hamma harakatni qildik. Lekin Allohning irodasi ekan. Ilohim, joylari jannatda bo‘lsin. U kishini yaxshi nom bilan eslab, ishlarini davom ettirib, ruhlarini shod qilaylik.

 

 

HAMDARDLIK MAKTUBLARI KELMOQDA

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining vafoti munosabati bilan xorijiy mamlakatlar muftiylari, nufuzli tashkilotlar rahbarlari, davlat va din arboblari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.

 

Yarim asrga teng din xizmati

2021 yil 15 avgust kuni yurtimiz ahli ulkan musibatga, og‘ir judolikka uchradi. Ko‘p yillardan beri nafaqat yurtimiz, balki mintaqadagi mamlakatlarga ham sermahsul xizmatlari bilan tanilgan, fazilatli ulamo, mohir mufassir, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov hazratlari foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qildilar.

 

Muftiy hazratning janozalari Samarqandda o‘qiladi

Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov hazratlari foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat etganlari haqida qayg‘uli xabar bergan edik.
Muftiy hazratlarining janoza namozlari va ta'ziya marosimlari 2021 yil 16 avgust, dushanba kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘i “Eshoni Temirxon To‘ra” (avvalgi “Orlot” masjidi) jome masjidida ado etiladi.
Janoza namozi vaqtini qo‘shimcha xabar qilamiz.



 

Abituriyentlarning ruxsatnoma olish tartibi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlariga kirish RUXSATNOMASIni Diniy idoraning qabul.muslim.uz sayti va @qabulmuslimuz_bot yoki @qabulmuslimuz2_bot telegram botlari orqali yuklab olishlari mumkin. Buning uchun abituriyent pasport seriyasi va raqamini tegishli joyga yozadi va ruxsatnomani oladi.

 

OG‘IR JUDOLIK

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov hazratlari og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdilar.

Alloh taolo Muftiy hazratlarini O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!

 

TANIQLI ULAMOLARNING NAVBATDAGI TASHRIF MANZILI – JIZZAX

Bugun, 13 avgust kuni yurtimizdagi bir guruh taniqli ulamolarning Jizzax viloyatiga tashriflari boshlanadi.

Safar davomida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, olis va chekka hududlardagi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar, taniqli ulamolar ishitirokida jome masjidlarda suhbatlar o‘tkazilishi va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish kabi xayrli ishlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

 

Muharram oyi va Ashuro kunining fazilati haqida

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Muharram oyi ramazon oyidan keyin turadigan eng hurmatli oydir. Bu oy hijriy sananing boshlanish oyidir. Dinimizda bu oy urush harom qilingan oylardan biri hisoblanadi. Ashuro kuni esa muharram oyining o‘ninchi kunidir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu oyda ro‘za tutishga targ‘ib qilganlar. 

 

VAKSINA OLISHNING HUKMI QANDAY?

❓759-CAVOL: Hozirgi kunda hamma joyda vaksina olishga targ‘ibot ketmoqda. Dinimiz bunga qanday munosabat bildiradi? Vaksina olishning hukmi qanday?

 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Ma'lumki, sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari qariyb ikki yillik kuzatishlar va izlanishlardan keyin koronavirus – COVID-19 kasalligidan saqlanishning eng samarali vositasi vaksina olish ekani to‘g‘risida xulosaga keldilar.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4802-sonli Qarorining qabul qilinganiga bir yil bo‘ldi

Bundan roppa-rosa bir yil avval, 2020 yil 11 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4802-sonli Qarori qabul qilingan edi.

Moturidiylik ta'limoti asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy va uning izdoshlari merosini chuqur o‘rganish, ularning aqida va kalom ilmi rivojiga qo‘shgan bebaho hissasini tadqiq etish va keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularda ma'naviy va ma'rifiy qarashlarimizga yot bo‘lgan zararli ta'sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish kabi bir qator vazifalar mazkur qarorning asosiy maqsadi sifatida belgilab qo‘yilgan.

 

Imom Buxoriy majuasida 9200 namozxonni sig‘diradigan masjid quriladi

Imom al-Buxoriy ziyoratgohi – Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan, XX asr oxiriga kelib madaniy va ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorlik majmuasi. Ushbu ziyoratgoh islom olamida eng mashhur va taniqli ziyoratgoh hisoblanadi. Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy dunyoga mashhur islomshunos olim va alloma bo‘lib, 1997-1998 yillarda hijriy taqvim bo‘yicha alloma tug‘ilganiga 1225 yil to‘lishi munosabati bilan u abadiy makon topgan qadimiy mozorda katta yodgorlik majmuasi barpo etilgan edi.

 

#Davriy_nashrlarda: IJOZANING TA'RIFI, SHAR'IY ASOSLARI VA AHAMIYATI

Qur'oni karim ta'limida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bog‘lanadigan sanad bilan ijoza berishning ushbu qoidalari Makkai mukarramada 1439 h.s. rajab oyining 2-sanasi (2018 y. 19 mart)dagi majlis raisi va Islom olami Uyushmasi bosh kotibi doktor Muhammad ibn Abdulkarim raisligida o‘tgan xalqaro qiroat shayxlari kengashi a'zolarining 2-sonli yig‘ilishida ishlab chiqildi.

Qur'on qiroatini ta'lim berish jarayonida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bog‘lanadigan sanad bilan ijoza berishning asosiy me'yorlari bor.

 

10 avgustdan yangi hijriy 1443 yil boshlanadi

2021 yil 10 avgust kuni hijriy-qamariy hisobdagi yangi yil – 1443 yil kirib keladi va uning ilk oyi muharramning birinchi sanasi boshlanadi. Odatda ushbu munosabat bilan musulmonlar bir-birlarini tabriklashadi.  

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing