HAMDARDLIK MAKTUBLARI KELMOQDA
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining vafoti munosabati bilan xorijiy mamlakatlar muftiylari, nufuzli tashkilotlar rahbarlari, davlat va din arboblari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.
Hamdadlik maktublarida muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Islom dini ma'rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta'minlash va xalqlar do‘stligini mustahkamlashdagi xizmatlarini Haq taolo husni qabul aylab, ulkan ajru savoblar ato etishini so‘ralgan.
Muftiy hazratlari 50 yildan ortiq din xizmatida o‘z ishlariga astoydil yondoshishlari, boshqarishdagi dono rahbarliklari, odamlar bilan muloqotda zukko, ilmiy izlanishlarda qat'iyatliliklari bilan Diniy idora faoliyatini yangi bosqichga ko‘targanliklari maktublarda alohida qayd etilgan.
O‘zbekiston xalqi, mo‘min-musulmonlari, muftiy hazratlarining safdoshlari, ahli oilalari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirishi maktublarda so‘ralgan.
Hamdardlik maktublari kelishda davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 15/08/2021 18:30; Ko‘rilganligi: 875
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:40