Axborot xizmati

Toshkendan shahridan tashrif buyurgan imom-xatib domlalar Chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarda juma namozini ado etdilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakillari, bosh imom-xatiblar tomonidan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” doirasida viloyatimizdagi chegara va chekka hududlarda joylashgan masjidlarga tajribali imom-xatiblarning tashrifi rejalashtirilgan edi. Shu asosida bugun, 27 avgust Juma kuni Toshken shahridan tashrif buyurgan “Firdavs” jome masjidi imom-xatibi Baxtiyor domla Sattorov Urgut tumanidagi “Boybul” jome masjidiga, masjidiga va viloyatimiza faolyat olib borayotgan Oqdaryo tumani bosh imom-xatibi Habibullo domla Oblaqulov Urgut tumani “Ahmad Ochil” jome masjidiga, Payariq tumani bosh imom-xatibi Mansur domla Abduxoliqov Urgut tumani “Yoqub Oxun” jome masjidiga va Tayloq tumani bosh imom-xatibi Bekmurod domla Ismoilov Urgut tumanidagi “Saroy” jome masjidlariga borib Juma nomozini jamoat bilan ado etdilar.

 

Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamyurtlarimiz va Tojikiston, Chechinoston va Qirg‘izistondan kelib RFda ishlab va o‘qib yurgan namozxonlarga ma'ruza qildi.

RFda xizmat safarida bo‘lib turgan delegatsiya a'zolari kunning birinchi qismida Kaleningrad shahridagi Yoshlar markazida vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. Ushbu viloyat markazida joylashgan jome masjidida delegatsiyamiz a'zolari juma namozini ado etdilar. Juia mav'izasida Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ham shu joyda to‘plangan hamyurtlarimiz va Tojikiston, Chechinoston va Qirg‘izistondan kelib ishlab va o‘qib yurgan namozxonlarga ma'ruza qildi.
Juma namozidan so‘ng viloyat mutasaddilari hamda masjid imomlari bilan ham alohida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

RFning Sankt-Piterburg shahridan boshlangan uchrashuvlar davom etmoqda

Mutasaddilar, ziyoliy va diniy ulamolardan iborat targ‘ibot guruhi Rossiya mamlakatida bo‘lib, u joyda uzoq muddatli mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan hamda o‘qiyotgan fuqarolarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

 

Xorijdagi vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Keyingi yillarda xorijdagi vatandoshlarimizning huquqlarini himoya qilish, sharoitlarini yaxshilashga e'tibor kuchaydi. Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan mehnat migratsiyasi borasida xalqaro shartnomalar imzolandi. Chet ellarda ishlayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida jamg‘arma tashkil etilib, 100 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shu bilan birga, tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Yo.Mansurov viloyatimizning Urgut tumanida bo‘lib, tumandagi “Nasrulloh Hoji” jome' masjidini borib ko‘rdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakili o‘rinbosari Yo.Mansurov viloyatimizning Urgut tumanida bo‘lib, tumandagi “Nasrulloh Hoji” jome' masjidini borib ko‘rdi. Mehmon masjid faoliyati bilan yaqindan tanishib, jamoat oldida “Sof islom e'tiqodi musulmon qalbida yaxshi ishlarni amalga oshirishlikni paydo qiladi” to‘g‘risida ma'ruza qildi. Peshin namozini jamoat bilan ado etgach, tumandagi uyushmagan yoshlar bilan “Ijtimoiy odob me'yorlari” mavzusida suhbatlashdi. 

 

Tayloq tumanida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 Joriy yilning 24 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari Tayloq tumanidagi mavjud 20 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor yig‘ilish Tayloq tuman “Tayloq ota” jome masjidida bo‘lib o‘tdi.

 

“MUFTIY HAZRATNING VASIYATLARINI ADO ETDIM...”

Hazratimiz Usmonxon Alimov rahimahulloh muftiylik lavozimida boshqalardan ko‘ra eng uzoq muddat faoliyat yuritdilar, desak, xato bo‘lmaydi. U kishi 15 yil davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasida din yo‘lida xizmat qildilar.
Biz ko‘p safarlarda birga bo‘ldik. Hazrat kim bilan qanday muomala qilishni bilardilar, zamonaviy til bilan aytganda, aqlli diplomat edilar. Dunyo sahnalaridagi nutqlari ham g‘oyat tushunarli, chiroyli edi. Bir so‘z bilan aytganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning munosib avlodlari edilar. U kishining xatti-harakatlarida go‘zal payg‘ambarona xulqni ko‘rardingiz.

 

HIJRAT VA UNGA TEGISHLI HUKMLAR HAQIDA FATVO

Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimiz musulmonlarini mamlakatni tark etib qonli urushlar ketayotgan hududlardagi jangari guruhlarga qo‘shilishga da'vat qiluvchi hamda ushbu amalni go‘yoki “hijrat” ekanini da'vo qilayotgan chaqiriqlar kuzatilmoqda.

Soxta da'vatchilar islom dinidagi muqaddas tushunchalarni g‘arazli siyosiy maqsadlar yo‘lida soxtalashtirgan holda talqin qilib, tinch-totuv va ozod mamlakatda, barcha ibodatlarni hotirjamlik bilan ado qilib turgan musulmonlarni qurolli to‘qnashuvlar ketayotgan mamlakatlarga chaqirmoqdalar. Hijratga da'vat qilayotganlar: “Musulmonlarning barchasiga hijrat qilish farz bo‘ldi, hijrat qilmagan kofir bo‘ladi”, deyish darajasiga bormoqda.

 

Saudiya Arabistoni elchisi: Usmonxon Alimov hazratlari dini, xalqi va vataniga ko‘p xizmatlar qilgan

Bismillahir Rohmanir Rohim

O‘z nomimdan va SAP elchixonasi nomidan O‘zbekiston xalqiga va hukumatiga dini va vataniga ko‘p xizmatlar qilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining vafoti munosabati bilan chin ko‘ngildan ta'ziya izhor qilaman. Alloh marhumni o‘z rahmatiga olib, joyini jannat aylasin. Ortda qolgan yaqinlariga sabr bersin!

Nayif Shamriy,
SAP elchisi vazifasini bajaruvchi

 

#XUSHXABAR: “QUR'ONI KARIM VA TAJVID” KURSLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH HISOB RAQAMI OCHILDI!

Allohga shukrki, Qur'oni karimga muxlis xalqimizning istaklarini inobatga olgan holda yurtimizdagi “Qur'oni karim va tajvid” kurslari faoliyati kengaytirilmoqda.

 

Hamdardlik maktublari kelishi davom etmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov rahimahullohning vafotlari munosabati bilan xorijiy mamlakatlar muftiylari, nufuzli tashkilotlar rahbarlari, davlat va din arboblari nomidan hamdardlik maktublari kelmoqda.

Hamdadlik maktublarida muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Islom dini ma'rifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta'minlash va xalqlar do‘stligini mustahkamlashdagi xizmatlarini Haq taolo husni qabul aylab, ulkan ajru savoblar ato etishini so‘ralgan.

 

Ashuro kuni ahliga kenglik qilish

Abu Hurayra roziyallohuanhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kunida ahli-ayoliga kenglik qilsa, Alloh taolo unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar».
Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Imom Hofiz Suyutiy bu hadisni sahih degan.

 

Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning Samarqanddagi xonadonlarida duoi-fotixa davom etmoqda.

Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning Samarqanddagi xonadonlarida duoi-fotixa davom etmoqda.

 

Chechenistondan kelgan muftiy o‘rinbosarlari Abdullo Hashxanov va Visarxanov Usmanlar Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning xonadoniga kelib, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Chechenistondan kelgan muftiy o‘rinbosarlari Abdullo Hashxanov va Visarxanov Usmanlar Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning xonadoniga kelib, marhumning yaqinlariga  hamdardlik bildirdi. Kun yarmida taniqli ulamolar “Eshon Temurxon To‘ra” jome' masjidiga kelib, peshin namozi jamoat bilan birga ado etildi hamda Alloh taboraka va taolodan barcha marhum ajdodlarimizni O‘zining rahmatiga olib, ularning haqlariga qilayotgan duolarimizni ijobat qilib, qolganlarga farovon hayot, tinchlik va ofiyat ato qilishini so‘raymiz!.

 

Is'hoqjon domla Begmatov Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning xonadoniga kelib, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Toshkent shahridagi «Imom Termiziy» jome masjidi imom-xatibi Is'hoqjon domla Begmatov Marhum shayx Usmonxon Alimov Temirxon o‘g‘li rohimahullohning xonadoniga kelib, marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing