Bugun yurtimizdagi ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi
Samarqand viloyatida joylashgan “Xadis ilmi maktabining”bida ham “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.
Samarqand viloyatida joylashgan “Xadis ilmi maktabining”bida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov va viloyat bosh imom-xatibi Zaynidddin domla Eshonqulovlar ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.
Mehmonlar o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanilib, fanlarni puxta o‘zlashtirishga, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib yetishishga da'vat etdi.
Viloyatmizdagi barcha shahar va tumanlarda faoliyatolib borayotgan imom-xatiblarimiz ham maktablarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etib, “Mustaqillik darsi”ni o‘tmoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 06/09/2021 12:10; Ko‘rilganligi: 900
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:50