O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand shahrida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

 
 

Joriy yilning  7 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakilligi tomonidan joylarda masjidlar faoliyatini takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda Samarqand shahridagi mavjud 23 ta masjid imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv Samarqand shahridagi  “Namozgoh” masjidida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish oldidan shahar va tuman bosh imom xatiblari Samarqand shahridagi mavjud masjidlar faoliyati bilan tanishdilar. Yutuqlar va kamchiliklarni o‘rganib, xulosalar to‘pladilar. Shundan so‘ng, yig‘ilishning asosiy qismi boshlandi. Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari D.Mamadkulov va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va o‘rinbosari Xayrulloh domla Sattarov va tegishli mutasaddilar ishtirk etishdi.

Dastlab bosh imom xatiblar tomonidan o‘rganish xulosalari o‘qib eshittirildi. O‘z navbatida viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va o‘rinbosari X.Sattarovlar tomonidan ham aniqlangan kamchiliklar aytilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga oid tavsiyalar berildi.

Navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand tumanida bo‘lib o‘tishligi belgilandi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati

 


Kiritilgan vaqti: 07/09/2021 22:01;   Ko‘rilganligi: 919
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-shahrida-sayyor-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing